Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahar "Xo‘ja Porso" jome’ masjidi buzib tashlanayotganligi haqida xabarlar e’lon qilindi. Mazkur e’lon qilingan murojaat yuzasidan Madaniy meros agentligi xizmat tekshiruvi olib bormoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yil 14-avgustdagida “Xoja Porso” jome’ masjidiga tashrif buyuruvchi namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida masjid hududida qoʻshimcha bino inshootlarini qurish bo‘yicha taklif loyihasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti qoshidagi Ilmiy-ekspert kengashiga taqdim qilingan.
Marg‘ilon shahar "Xo‘ja Porso" mahallasi "Baxtiyorlik" ko‘chasi 100-uyda joylashgan “Xo‘ja Porso” jome’ masjidi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.
“Xo‘ja Porso” jome’ masjidi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakilligi tomonidan rasmiy namozxona sifatida foydalanib kelinmoqda.
Ushbu masala yuzasidan bugun 20-oktabr kuni Farg‘ona viloyat hokimi Hayrullo Bozarov boshchiligidagi ishchi guruh Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja porso” masjidiga tashrif buyurib holat bilan atroflicha tanishdi.
Tanishish davrida ushbu tarixiy bino 2000 yillardayoq avariya holatiga kelib qolganligi va bu xususda 2019 yil 23-noyabrda Farg‘ona viloyat QSHN inspeksiyasi tomonidan binoning texnik xolati bo‘yicha xulosasi olinganligi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Marg‘ilon shahar “Xo‘ja-Porso” m.f.y Baxtiyorlik ko‘chasi 100-uyda joylashgan “Xo‘ja-Porso” masjidining asosiy bino va inshootlardan samarali foydalanish muddati o‘tganligi, ma’naviy, jismoniy eskirganligi va rekonstruksiya xarajatlarini hisobga olgan holda yangi loyihaviy yechim asosida yangidan qurishga tavsiya berilgan.
https://t.me/ferghanatourism_sport