Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Marg'ilonda Xalqaro "Atlas bayrami" V an'anaviy to'qimachilik festivali ko'tarinki ruhda o'tmoqda!

Marg'ilonda Xalqaro "Atlas bayrami" V an'anaviy to'qimachilik festivali ko'tarinki ruhda o'tmoqda!

« Back

Marg'ilonda Xalqaro "Atlas bayrami" V an'anaviy to'qimachilik festivali ko'tarinki ruhda o'tmoqda! 21.10.2022 20:27

Festival doirasida Marg'ilon shahridagi "Erkin Vohidov" nomidagi ijodkorlar bog'ida har kuni xalq sayillari, mahalliy va xorijiy xunarmandlarning mahsulotlari yarmarkasi, xalq musiqaviy guruhlar ijrochilarining chiqishlari, an'anaviy kurash musobaqasi, dorbozlar va qo'g'irchoq tomoshalari, xalqaro va mahalliy atlas-adras ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar o'rtasida B2B uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda.

IMG_0048

Festivalning birinchi kunida Marg'ilon shahridagi Marg'ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi Said Ahmad Xo'ja Eshon madrasida Xalqaro "Atlas bayrami" V an'anaviy to'qimachilik festivalining ochilish marosimi o'tkazildi.

IMG_0190

IMG_0069

Shuningdek, ochilish marosimida Marg'ilon shahriga Xunarmandlar shahri maqomi berildi.  

IMG_0297

IMG_0382

IMG_0393

 

IMG_0488

IMG_0582

IMG_0415

Kunning ikkinchi yarmida Xunarmandlar markazida Markaziy Osiyo dizaynerlarining namoyishi tashkillandi. Xorijlik dizaynerlar tomonidan milliy matoyimiz atlas va adrasdan tikilgan liboslar mehmonlarda katta qiziqish uyg'otdi.

IMG_0965

IMG_0985

IMG_1125

IMG_1122

IMG_1318

Festivalning ikkinchi kunida "Zamonaviy dunyoda an'anaviy to'qimachilikning o'rni mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi. Konferensiyada mahalliy va xorijlik mutaxasislar ishtirok etdilar va mavzu doirasidagi o'z maruzalari bilan so'zga chiqdilar. 

IMG_1361

IMG_1402

IMG_1475

Kunning ikkinchi qismida Marg'ilon shahridagi Yodgorlik majmuasida Yevropa va Tinch okeani dizaynerlarining moda namoyishi tashkil etildi.

IMG_1595

IMG_1612

IMG_1644

IMG_1666


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914