2024-yilning 16-20-sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari hamda Moskva viloyatida “Road Show” loyihasini tashkil etmoqda.
Tadbirlar kun tartibidan O‘zbekistondagi sayyohlik yo‘nalishlari taqdimotlari, Rossiya turizm sanoatining asosiy ishtirokchilari bilan uchrashuvlar, qo‘shma marketing va reklama kampaniyalarini ishlab chiqish, B2B uchrashuvlari, shuningdek, muzokaralar olib borish va shartnomalar imzolash joy olgan.
Shuningdek, 17-sentyabr kuni “Road-show” doirasida Qo‘mita delegatsiyasi Moskvadagi “Exposentr” ko‘rgazma majmuasida bo‘lib o‘tadigan “Отдых. Leisure” ko‘rgazma-forumida ishtirok etishni rejalashtirgan.
O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari va tadbirkorlik subektlari vakillarini “Road-show”da ishtirok etishga taklif qilamiz.
Batafsil ma’lumot:
• Joy va vaqt: Moskva viloyati – 16-sentyabr, Moskva – 18-sentyabr va Sankt-Peterburg – 20-sentyabr;
• Safar bilan bog‘liq barcha xarajatlar jo‘natuvchi tashkilotlar tomonidan qoplanadi;
• Telefon: +998907997080
• Ariza topshirishning oxirgi muddati – 2024-yil 30-avgust.