Home \ Yangiliklar \ Navbatdagi info tur. 10.12.2022

Navbatdagi info tur. 10.12.2022

« Back

Navbatdagi info tur. 10.12.2022 12.12.2022 12:04

Xabaringiz bor, viloyat hokimi o'rinbosari hamda viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig'i Xurshid Axmedov tashabbusi bilan viloyatimizdagi "xali o'rganilmagan, sayyohlar uchun noma'lum bo'lgan" turistik obyektlar bo'ylab muntazam info tur tashkil etish yo'lga qo'yilgan. 

Avvalgi info tur haqida bu yerda o'qing:  

19.11.2022    
26.11.2022

 

Bugungi kungi info tur esa Qo'shtepa va Oltiariq tumanlari bo'ylab tashkil etildi. Birinchi manzilimiz esa Qo'shtepa tumanidagi nasldor quyonlar fermasi bo'ldi. 

IMG_7683IMG_7679 IMG_7659

Keyingi manzilimiz esa bu yerdan uncha uzoq bo'lmagan Sopoltepa arxelogik yodgorligi bo'ldi. Avvaliga gulxan atrofida bu yer tarixi haqida suhbat qurildi. 

IMG_7712 IMG_7723 IMG_7753  

Navbatdagi manzilimiz hozirgi kunda noyob tovuqlar ko'paytiriliyatgan parandachilik fermasi. Bu yerda siz tovuqlarning hali ko'pchiligimizga tanish bo'lmagan turlarini ko'rishingiz mumkin.

IMG_7759IMG_7773  

Keyin esa Oltiariq tumani tomon yo'l oldik, ilk manzilimiz esa Do'stixudo ziyoratgohi bo'ldi. 

IMG_7788 IMG_7812 IMG_7796

IMG_7801

Navbatdagi manzilimiz, hozirgi kunda milliy soz yasash san'atida ustoz shogird an'anasini davom ettirib kelayotkan Nortojiyev Raxmonali xonadoniga tashrif buyurildi. IMG_7831IMG_7877

IMG_7906

Oltiariqqa borib uzum yemasdan qaytish mumkin emas, hozir qish fasli bo'lishiga qaramasdan mahalliy bog'bonlar uzumni keyingi hosilgacha o'z holatida saqlab turish usullarini kash etishdi. 

IMG_7937IMG_7950

IMG_7958

Keyingi manzilimiz esa Ziyrakmomo ziyoratgohi va I-IV asrlarga oid "Ziyrak mozor tepaligi" arxeologik yodgorligi bo'ldi. 

IMG_7985IMG_7977  

IMG_7992

So'ngi manzilimiz esa an'anaga muvofiq Ruxsor radiosi bo'ldi va jonli efirda kun davomida tashrif buyurilgan manzillar haqida vodiy xalqi bilan o'rtoqlashildi.

IMG_8021IMG_8036


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914