Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Navbatdagi Info tur Marg'ilon shahri va Toshloq tumani bo'ylab tashkil etildi.

Navbatdagi Info tur Marg'ilon shahri va Toshloq tumani bo'ylab tashkil etildi.

« Back

Navbatdagi Info tur Marg'ilon shahri va Toshloq tumani bo'ylab tashkil etildi. 26.11.2022 18:00

Avval xabar berganimizdek, viloyat hokimi o'rinbosari Xurshid Axmedov tashabbusi bilan viloyatimizdagi "xali o'rganilmagan, sayyohlar uchun noma'lum bo'lgan" turistik obyektlar bo'ylab info tur tashkil etish yo'lga qo'yilgan. 

Avvalgi info tur haqida bu yerda o'qing:

Batafsil

Bugungi info turimizning dastlabki manzili Marg'ilon shahridagi shirmonpazlar mahallasi bo'ldi. Marg'ilon shahrining shaxsiy brendi bo'lgan ushbu nonni siz dunyoning boshqa manzilidan topa olmaysiz. Bu nonni tayorlash sirini biluvchi nonvoylar xozirda faqat 5 nafar qolgan bo'lib, viloyat hokimi o'rinbosari shirmon non brendi kamayib ketishini oldini olish maqsadida ushbu obyektlarni ham turizm mashrutiga kiritish choralarini ko'rmoqda.

IMG_5127

Katta mehnat talab etadigan bu nonning mazasi ham o'ziga xosdir. 

IMG_5140IMG_5201

Ikkinchi manzil esa IX asrga tegishli bo'lgan "Shirmonpaz" masjidi bo'ldi. 

IMG_5210IMG_5222

Xozirgi kunda ushbu tarixiy yodgorlik qayta rekonstruksiya qilingan va jozibadorligini saqlab kelmoqda.

IMG_5235IMG_5246

Keyingi manzil Said Ahmad Xo'ja Eshon madrasasi bo'ldi. Xozirgi kunda bu yerda mo'jazgina xunarmandlar markazi tashkil etilgan. Info tur ishtirokchilari fokusi xozirgi kunda respublikamiz aro yoqolib borayotgan chitgarlikka qaratildi. Bugungi kunda mamlakatimmiz bo'ylab atiga 4ta oila ushbu sohani meros sifatida davom ettirib kelmoqda shulardan biri aynan Marg'ilon shahrida faoliyat yuritmoqda.

IMG_5301IMG_5321

IMG_5337IMG_5276

 Ipak mato juda ham yupqa bo'lishiga qaramay mato ustiga bosma naqshlar bilan tushirilgan bo'yoqlar o'z jozibadorligini ancha vaqtgacha yoqotmaydi.

 IMG_5397IMG_5358

Shundan so'ng keyingi manzil Marg'ilon shahri temir yo'l vakzaliga yo'l oldilar va bu yerda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan qulaylik turistik axborot markazi faoliyati bilan tanishdilar.

IMG_5405IMG_5479

IMG_5497

keyingi manzil esa yaqin kunlarda ochilishi mo'ljallanayotgan Marg'ilon shahridagi hunarmandlar markazi bag'rida tashkil Karvonsaroy majmuasiga tashrif buyurdilar.

IMG_5522

IMG_5543

Kunning ikkinchi yarmida info tur Toshloq tumani bo'ylab tashkil etildi. dastlabki manzil Gorbobo arxeologik yodgorligi bo'ldi. ushbu tepalikda 2023 yildan boshlab arxeologik qazishma ishlari boshlanadi. Bu yer bilan bog'liq yana bir nom mavjud  bu Shermuhammad Qo'rboshi nomidir. 

Shermuhammad Qo'rboshi haqida batafsil ma'lumot bilish uchun bu yerga bosing

IMG_5555

IMG_5560

Keyin esa "Vodiy shifo tuyalari" kompleksiga tashrif buyurildi. Bu yerda tuya sutining shifobaxsh xususiyatlaridan foydalangan holda davolanish muassasasi tashkil etilgan. 

IMG_5608IMG_5630

IMG_5689

IMG_5744

Info tur so'ngida esa an'anaga sodiq qolgan holda Ruxsor TV teleradio kompaniyasiga tashrif buyurildi va info tur yuzasidan jonli efirda ma'lumotlar aytib o'tildi.

IMG_5799IMG_5776


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914