Home \ Yangiliklar \ Oltiariqdagi “Mashxura travel” O‘zbekiston bo‘ylab sayohatni kuchaytirmoqda

Oltiariqdagi “Mashxura travel” O‘zbekiston bo‘ylab sayohatni kuchaytirmoqda

« Back

Oltiariqdagi “Mashxura travel” O‘zbekiston bo‘ylab sayohatni kuchaytirmoqda 22.07.2022 16:16

        Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida 2018-yilda tashkillangan “Mashxura travel” oilaviy korxonasi o‘tgan vaqi ichida 500 mingdan ziyod sayyohga xizmat ko‘rsatdi. Ayniqsa, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida turli tashkilotlar bilan shartnoma qilib, sayyohlar sonini ko‘paytirmoqda. Agar 2018- yilda bor-yo‘g‘i 3200 nafar sayohatchiga xizmat ko‘rsatib, 12 mln. so‘m sof foyda bilan chiqqan bo‘lsa, hozir uning turizmdan ko‘rgan sof daromadi 280 mln. so‘mdan ortib ketdi. U ham mamlakatimizdagi barcha turfirmalar kabi “Covid-19” dan jiddiy zarar ko‘rdi. Xayriyatki, 2020 yilda “Mashxura travel” OK O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi eʼlon qilgan “Ipak yo‘lidagi yangi turistik marshrutlar” nomli maxsus grant sohibi bo‘lib, o‘z salohiyatini saqlab qolishga muyassar bo‘ldi.

photo_2022-06-16_17-11-20 photo_2022-07-20_14-59-29 photo_2022-06-16_17-10-55         Natijada uning sayyohlarga xizmat ko‘rsatish ishtiyoqi ortdi va 2020 yilning o‘zida, pandemiya qo‘ygan cheklovlarga qaramasdan 15 mingdan ortiq sayyohga xizmat ko‘rsata bildi.

2022 yilning yarim yili davomida bu ko‘rsatgichlar yana-da ko‘tarilib, 6 oyda 31,7 mingdan ziyod sayyohni O‘zbekiston bo‘ylab sayohatini tashkillashga erishildi. Eʼtiborlisi, bu sayyohlarning 512 nafari kamtaʼminlangan oila vakillari hamda temir daftarga kiritilgan ayollar bo‘lib, ularga bepul sayohat tashkillandi. Oilaviy korxonada bir qatʼiy qoida bor: “har o‘n nafar sayyohning bir nafariga bepul xizmat ko‘rsatish”. Uning xizmat ko‘rsatish auditoriyasi maktab o‘quvchilari, talabalar, mahallalarning uyushmagan aʼzolari va boshqa yo‘nalishdagi sayyohlardan iborat. Hozir ushbu oilaviy korxona katta yoshdagi sayyohlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab 10 dan ortiq, yosh sayyohlar uchun 8 ta yo‘nalishdagi turpaketlar tavsiya qilmoqda.

photo_2022-02-08_19-23-09 photo_2022-02-10_11-06-33 photo_2022-02-10_11-06-36 photo_2022-06-16_17-10-44         “Mashxura travel” OKda to‘rt nafar xodim ish bilan taʼminlangan. Yana bir muhim jihat: “Mashxura travel” respublikamizning barcha viloyatlaridagi turfirmalar va sayyohlik kompaniyalar bilan yaxshi hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ularning hamkorligi bilan sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda.

“Mashxura travel” OKning kelgusidagi rejalari ko‘lami yana-da kengroq. U qo‘shni Qirg‘iziston bilan sayyohlik muzokaralarini olib bormoqda. Joriy yilda Qadamjoy – Shohimardon yo‘nalishi bo‘ylab 3 mingdan ziyod sayyohga xizmat ko‘rsatdi. Endilikda Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga ham yangi yo‘nalish tashkillash ko‘zda tutilmoqda.

photo_2022-07-22_16-22-03 photo_2022-07-20_14-59-27 photo_2022-07-20_14-59-25  Iymonimiz komil, yaqin vaqtlarda “Mashxura travel” OK tom maʼnoda mashhur turistik kompaniyaga aylanadi


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914