Bosh sahifa \ Yangiliklar \ O‘zbek-Turk do‘stligi: Yangi turizm istiqbollari

O‘zbek-Turk do‘stligi: Yangi turizm istiqbollari

« Back

O‘zbek-Turk do‘stligi: Yangi turizm istiqbollari 29.08.2022 16:42

28-avgust kuni xalqaro TURKSOY tashkiloti tomonidan tashkillangan turkiyalik olimlar guruhi Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib, bir qator qiziqarli sayyohlik, ilmiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar. Mehmonlar shu kuni Andijon viloyati “Do‘stlik” chegara postida Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov rahbarligidagi guruh tomonidan kutib olindi.

Dastlab, mehmonlar Quva tumanida qadimiy Quva shahristonida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdilar. Bundan maqsad esa, Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning turizm sohasidagi vakolatli organlari bilan turizm sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish masalalarida hamkorlik o‘rnatishdan iborat edi. Quva shahristonida, ularni tuman hokimi X. Umarov rahbarligida tuman faollari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

IMG_1283 IMG_1277 (3)

301723375_635625354818581_5345467677291365995_n 301151449_635625278151922_6437838800949425528_n 300801813_635625434818573_4778333205144614197_n

Turkiyalik mehmonlarga shu yerning o‘zida mahalliy folklor jamoalarning konsert dasturi  namoyish etildi. Ayniqsa, Quvaning nozi-neʼmatlaridan tashkil topgan maxsus ko‘rgazma mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Shu yerning o‘zida o‘ziga xos degustatsiya ham tashkillanib, tashrif buyuruvchilarga meva-chevalar tarqatildi. Xursandchilikning cheki yo‘q эди....

IMG_1305 IMG_1339

Mehmonlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan kamondan o‘q otish, qilichbozlik, arqon tortish kabi milliy o‘yinlardan musobaqasi ham tashkillandi. Eʼtiborlisi, unda turkiyalik mehmonlar ham o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi.

IMG_1346IMG_1350

IMG_1376 IMG_1455 IMG_1383        Uchrashuvning markaziy mavzusi albatta qadimiy Quva shahristoni bo‘ldi. Quva va unda tavallud topgan Ahmad Farg‘oniy to‘g‘risida tuman hokimi X. Umarov mehmonlarga atroflicha so‘zlab berdi. So‘ng shahristonda olib borilayotgan qazish ishlari maydoniga o‘tildi va ekspeditsiyaning ilmiy rahbari professor M. Isomiddinov mehmonlarga tadqiqot to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berdi. Shu yerda shahriston hududidan topilgan ashyolar ko‘rgazmasi ham uyushtirildi.

IMG_1699IMG_1700 (2)      Katta taassurotlar bilan Farg‘ona shahriga yo‘l olgan turkiyaliklar “Grand Fergana” mehmonxonasida kutib olindi. Mehmonxonaning katta konferens-zalida Turkiy davlatlar bilan turizm sohasini jadal rivojlantirishga dasturlar doirasida “Buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi hamda ajdodlar kuni”  mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkillandi.

IMG_1748 IMG_1787

Anjumanda Turkiya tomonidan professorlar Mustafa Gevat Akshit, Axmed Qutlixan, Mustafa Bedirlar qatorida Farg‘ona viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarining (FDU, QDPI, O‘DMSIQF) bir qator professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi. Konferensiyani Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari X. Ahmedov kirish so‘zi bilan ochib, jumladan shunday dedi: “Turkiy xalqlarning qariyb besh ming yillik shonli tarixi davomida, Hali xalqimiz Oltoy tomonlarda xalq sifatida endigina shakllanayotgan zamonlarda, Hali yozuv va raqam paydo bo‘lmagan paytlarda, Hali ilohiy va qudratli hukmdor O‘g‘izxon davrlarida Turkiy xalqlarning donoligi, faylasufligi, jangavorligi va mohir siyosatdon ekanligi to‘g‘risida afsonalar shakllangan, og‘izdan, og‘izga o‘tgan va baxshilarmizning dostonlarida kuylab kelingan. Bobolarmiz turkiy yozuvni, sanoqni, o‘ziga xos haritanaviylikni, turli bitik va totemlarni o‘ylab topgan. Ularni o‘z o‘rnida va faqat kerakli vaqtlarda ishlata bilganlar. Qadimiy Urxun bitiklari orqali davlat munosabatlarini shakllantirganlar.”

IMG_1794 IMG_1818 IMG_1902 IMG_1929       Dokladchilarning har bir chiqishi bahs-munozaraga, yangiliklarga boy bo‘ldi. Anjuman davomida Farg‘ona Davlat Universiteti bilan Denezli shahar Pamukkale Universiteti o‘rtasida o‘zaro ilmiy va amaliy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

IMG_1837 (2) IMG_1856       Tushlikdan so‘ng, mehmonlar Marg‘ilon shahar “Hunarmandlar markazi”dagi ipak matolar va kiyimlar ko‘rgazmasi hamda “IKAT” tomonidan tashkillangan modalar namoyishida ishtirok etdi. Markaz rahbari I. Sultonov Marg‘ilon ipak va undan olinadigan mahsulotlar to‘g‘risida mehmonlarga o‘ziga xos ekskursiya uyushtirib berdi.

IMG_1964 IMG_2059 Дворец Худояр-хана IMG_2092

IMG_1970

Mehmonlar shu kuni Marg‘ilon temir yo‘l vokzalidan Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

IMG_2132 IMG_2207 IMG_2210


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914