O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 iyun kungi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejim talablariga doir qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risidagi Qarori hamda 2020 yil 25 may kungi “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo’llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlar” to’g’risidagi Farmoni bo’yicha viloyat hokimligining majlisi bo’lib o’tdi.
![]()
Bunda viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosarlari, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’yicha o’rinbosarlari, shuningdek, viloyat tijorat banklari rahbarlari va mutasaddi tashilotlar ishtirok etishdi.
![]()
Majlis koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siri oqibatida eng ko’p zarar ko’rgan turizm hamda unga bevosita bog’liq bo’lgan tarmoqlarni va mazkur sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatda sanotariya-epidemiologik vaziyat yaxshilanishiga qarab viloyatda turizmni jadal qayta tiklash bo’yicha olib boriladigan chora-tadbirlar masalalari ko’rib chiqildi.
![]()
Shuningdek, viloyat Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan farmon va qarorga asosan, tadbirkorlar uchun belgilangan subsidiya ajratish tartibi va ssuda olishga ariza berish tartiblarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.