Logo - Turizm
UZ
UZ RU EN
logo sport
Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori

Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori

« Back

Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori 15.10.2024 18:00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PQ-245-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 11-12-iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishning 34-sonli bayoni 35-bandida Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori atrofidagi 250 gektar yer maydonlarida ekoturizm majmuasi, xususan, 100 dan ziyod dam olish, savdo, servis va ko‘ngilochar maskanlar, zamonaviy mehmonxona barpo etish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish belgilangan.

photo_2024-10-15_16-39-39

Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Turizm qo‘mitasi tomonidan master-reja ishlab chiqilgan.

photo_2024-10-15_16-39-37

Joriy yilning 15 oktabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Axmedov boshchiligida Quva tumani Karkidon suv ombori hududida faoliyat olib boradigan tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazildi. Viloyat hokimining tegishli ko‘rsatmalariga asosan tadbirkorlar bilan birma-bir suhbat o‘tkazilib, suv ombori hududida turizm xizmatlari faoliyatini amalga oshirish borasida kelishib olindi.

photo_2024-10-15_16-39-33

photo_2024-10-15_16-39-35

Farg‘ona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914