O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024 yil 29 iyuldagi 22/1-978-sonli topshirig‘ining ijrosini ta’minlash, viloyatdagi turizm ob’yektlari, bozorlar, aeroport, vokzal, avtoshohbekatlar, ijtimoiy soha ob’yektlarida hamda yoqilg‘i quyish stansiyalardagi sanitariya-gigiyena shoxobchalarining mavjudligi, sanitariya-shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi hamda ularda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoitlar yaratish yuzasidan viloyat obtektlarni oʻrganish koʻzda tutilgan.
Bunga koʻra, yuqorida keltirilgan farmoyishlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida joriy yilning 21-oktabr kuni Respublika ishchi guruhi, Turizm boshqarmasi hamda viloyat ishchi guruhi xodimlari viloyat hududidagi sayyohlar tashrif buyuradigan turizm namoyish obyektlarini Respublika ishchi guruh rahbari Muhayyo Xayitova boshchiligida, viloyat hokimligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda hafta davomida, manzilli roʻyxat asosida har bir hududda joylarga chiqqan holda oʻrganishlar oʻtkazilishi belgilab olindi.
Bu oʻrganishlar,shuningdek, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasida taʼlim tizimini isloh qilish yoʻnalishida belgilangan vazifalar, qator umumtaʼlim maktablarini toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan taʼmilash bilan ham bogʻliqdir.
Farg‘ona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati.