Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z ishini boshladi

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z ishini boshladi

« Back

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z ishini boshladi 13.10.2025 18:00

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga muvofiq, respublikadagi barcha turizm namoyishi obyektlari, aeroport, vokzal, avtoshohbekatlar, shuningdek, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarining yetarli darajada tashkil qilinganligi, ularning sanitariya, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi hamda ularda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoitlar yaratish yuzasidan, Respublika ishchi guruhi, viloyat hamda tuman (shahar) hududiy ishchi guruh a’zolari ishtirokida Farg‘ona viloyatida o‘rganish ishlarini boshlash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

photo_2025-10-13_17-47-19

Yig‘ilishda Ishchi guruh rahbari M.Xayitova, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosarlari X.Axmedov, Sh.Polvonov hamda viloyat tashkilot raxbarlari qatnashdi.

Yig‘ilish boshida Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari X.Axmedov so‘nggi yillarda Farg‘ona viloyatida mahalliy va xorijiy sayyohlar sonining keskin oshib borayotganligi, ularga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida yetarli darajada shart-sharoit yaratilishi, ayniqsa, talabga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalarining zarurligini aytib o‘tdi.

photo_2025-10-13_17-47-20

Shuningdek, Ishchi guruh rahbari M.Xayitova so‘zga chiqib, turizm namoyish obyektlari, mahalliy va xorijiy sayyohlar gavjum bo‘ladigan joylar, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, jamoat joylari va barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarining bugungi kundagi sanitar-gigiyenik holatlari, tashrif buyuruvchilar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay sharoitlar va “to‘siqsiz muhit” yaratish masalalari yuzasidan tanqidiy o‘rganish o‘tkazilishini ta’kidlab o‘tdi.

photo_2025-10-13_17-47-23

Yig‘ilish yakunida Farg‘ona viloyati hududlarida vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlaridan iborat Respublika va viloyat ishchi guruhi har bir tumanda bevosita joylarga chiqqan holda manzilli ro‘yxatga asosan 13-18-oktabr kunlari o‘rganishlarni amalga oshirish belgilab olindi.

photo_2025-10-13_17-47-22

photo_2025-10-13_17-47-21

photo_2025-10-13_17-47-24

photo_2025-10-13_17-47-25

photo_2025-10-13_17-48-21

 

 

 

 


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914