Home \ Yangiliklar \ Rishtondagi turizm va xizmatlar sohasiga sarmoya kiriting!

Rishtondagi turizm va xizmatlar sohasiga sarmoya kiriting!

« Back

Rishtondagi turizm va xizmatlar sohasiga sarmoya kiriting! 13.04.2022 15:43

Bu haqdagi qaror joriy yil 4-aprelda xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan qabul qilindi (VI-42-30-11-0-K/12). Unga ko‘ra, Rishton tumanida faoliyat yurituvchi mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus soliq rejimi joriy etilib, turizm hududlari chekalarini belgilab olindi.

IMG_4900

Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-son qaroriga muvofiq qabul qilingan bo‘lib, Rishtonning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqildi va u alohida yondashuvlar asosida xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy resurslar va infratuzilma bilan taʼminlash hamda ularga qulay soliq rejimini joriy etishga qaratildi.

 6f5dc181f73b183f58827Bunda Rishton tumanida “Qalaynav”, “Qozi Axror”, “Zar Ariq”, “Xo‘ja Ilg‘or”, “Gumbaz”, “Markaz”, “To‘raobod”, “Navoiy”, “M. Topvoldiyev”, “Farovonlik”, “Oq-yer” va “Saroy” mahalla fuqarolari yig‘illari hududida joylashgan mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari shunday soliq rejimidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.  

Ришт

Viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X. Ahmedovga, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi hamda viloyat Davlat soliq boshqarmasiga Rishton tumani hokimligi bilan birgalikda turizm hududlarida aholi, xudud faollari, deputatlar va jamoatchilik vakillari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil etgan holda targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish topshirig‘i berildi.

07

Shuningdek, ushbu hududlardagi tadbirkorlik subyektlariga faoliyatlarini samaraligini yo‘lga qo‘yishlariga uchun yoki faoliyat boshlash istagini bildirgan tadbirkorlar bevosita ko‘maklashish Viloyat Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank bosh boshqarmasi, viloyat Davlat soliq boshqarmasi zimmasiga yuklandi.

 

Bahodir Hoshimov


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914