Samarqand shahrida “Tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmi bo‘yicha 3-xalqaro seminar” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 04.10.2024 11:22
O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy turizm assotsiatsiyasi tomonidan joriy yilning 11-12-oktabr kunlari Samarqand shahrida “Tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmi bo‘yicha 3-xalqaro seminar” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirda ishtirok etish uchun tibbiyot turizmi sohasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi (yoki amalga oshirishni rejalashtirayotgan) turoperatorlarni taklif etamiz.
Xalqaro seminarda ishtirok etish istagini bildirgan tibbiyot turizm sohasidagi turoperatorlarni ushbu raqamga murojaat etishlari mumkin (+998 99) 807 82 43

Farg‘ona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati