Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Shohimardonda sayyohlarga qulayliklar yaratish bilan birga oilaviy mehmon uylari ham tashkillanmoqda

Shohimardonda sayyohlarga qulayliklar yaratish bilan birga oilaviy mehmon uylari ham tashkillanmoqda

« Back

Shohimardonda sayyohlarga qulayliklar yaratish bilan birga oilaviy mehmon uylari ham tashkillanmoqda 10.05.2021 12:01

Shohimardonda sayyohlarga qulayliklar yaratish bilan birga oilaviy mehmon uylari ham tashkillanmoqda

Dilbar tabiati tufayli Shohimardon qishlog‘i «O‘zbekiston Shvetsariyasi» deyiladi. Shohimardon qadimgi odamlar yashagan hudud sifatida ham mashhur. Qishloq hududidagi qadimgi qoya-tosh tasvirlari bundan darak berib turadi.

11

Shuningdek, o‘tgan asr boshlarida suratga olingan Hazrat Ali ziyoratgohi, choyxonadagi otaxonlar gurungi, mahalliy aholining turmush tarzini ifodalovsi suratlar bu tabarruk maskanning ko‘hna tarixidan so‘zlayotgandek go‘yo.

12

Ayni kunlarda Shohimardonda va Yordon qishloqlaridagi 1650 ta oilada 7 mingdan ortiq aholi istiqomat qilib kelmoqda. Dugoba, Oynako‘l, Qiziltog‘, Shalang, Xuvjin tog‘ tizmalarining maftunkor tabiati, Hazrat Ali ziyoratgohining ilohiy qudrati, Yordon qishlog‘ining tarixiy manzarasi har qanday tamoshabinni mahliyo qilib qo‘yadi.

16

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktyabr kungi “Farg‘ona viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 843-sonli qaroriga ko‘ra,“Shohimardon” va “Yordon” qishloqlarida turizmni rivojlantirish, ekoturizm salohiyatini inobatga olgan holda yangi turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqildi. Shuningdek, qarovsiz, bo‘sh yotgan, ishlatilmayotgan dam olish obyektlarida mahalliy va chet el investorlarini jalb qilgan holda, zamonaviy qurilish loyihalari asosida qayta rekonstruksiya qilish, qurish va tashrif buyuruvchilarga barcha sharoitlarni bosqichma bosqich yaratib berish nazarda tutilgan.

17

18

Shu maqsadda Farg‘ona viloyati turizmni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan Turizm-rekreasiya infratuzilmasi obyektlariga tashrif buyurishni qulaylashtirish, oson yetib borish va turizm sohasiga madaniy meros ob'ektlarining maksimal tarzda integrallashuvi yo‘lga qo‘yish uchun yangi O‘z DSt 3331:2018 standartdagi yo‘l ko‘rsatgichlari ishlab chiqildi. Infratuzilma obyekti va geografik obyektlarni anglatadigan belgilardagi yozuvlar davlat, rus va ingliz tillarida yozildi va QR-kod bilan ta'minlandi. 7-may kuni ushbu yo‘l ko‘rsatgichlar sayyohlar va Shohimardonga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun qulay joylarga o‘rnatildi.

19

20

21

Shuningdek, qishloqqa kiraverishda Shohimardonning turistik haritasi ham o‘rnatilib, unda qishloqdagi diqqatga sazovor joylar, muzey, sihatgoh va dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘nalishlar aks ettirilgan.

22

23

Ish jarayonida, viloyat turizmni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari qishloq aholisi uylarida ham bo‘lib, oilaviy mehmon uylari va hostellar ochish bo‘yicha targ‘ibot ishlari ham olib borishdi. So‘lim maskanlarga yaqin joylashgan jami 15-ta xonadonda uchrashuvlar o‘tkazilib, oilaviy mehmon uylarining qulayliklari, berilayotgan soliq imtiyozlari, ularni ochish tartibi, talablari, eng muhimi havfsizlik nuqtai nazaridan joriy etiladigan elektron tizim qulayliklari haqida tushintirishlar berildi.

 


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914