Home \ Yangiliklar \ Shohimardonlik “Vodiy sayyoh”

Shohimardonlik “Vodiy sayyoh”

« Back

Shohimardonlik “Vodiy sayyoh” 15.04.2022 16:41

Maʼlumki, Farg‘onada “Shohimardon” nomli so‘lim go‘sha bor. Bu maskan haqida mamlakatimizda eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. O‘zining so‘lim tabiati, qulay geografik joylashuvi bilan Shohimardon qadim zamonlardan odamlar eʼtiborini tortib kelgan. Xali o‘rta asrlardayoq bu qishloq vodiyliklarning sevimli dam olish va ziyorat maskaniga aylangan edi.

photo_2021-05-20_21-53-55 67baa0d4-ac66-44b9-a3d9-3659db761021 Ayniqsa, Qo‘qon xonligi davriga kelib, Shohimardonning dovrug‘i ortib ketdi. Xonlikning eng muhim oilaviy va jamoat marosimlari shu yerda o‘tkazilardi. Tabiiyki, oddiy xalq ham shu yerda dam olishga odatlandi. Bu odat sovet davrida ham davom etib, Shohimardon xalq sayillari o‘tkaziladigan gavjum maskanga aylangan. Taʼkidlash joizki, 1970-80 – yillarda bir yilda Shohimardon yuz mingdan ziyod dam oluvchilar (sayyohlar) ga xizmat ko‘rsatgan.

Шохимардон Полвон Mana shunday nomdor va so‘lim go‘shada “Farg‘ona Vodiy Sayyoh” MCHJ rahbari Hamid aka Abdurahimov tavallud topgan (1962 yil). Uning yoshligi Shohimardonning gullab-yashnagan davriga to‘g‘ri keldi. Shundan bo‘lsa kerak, Hamid akada turizmga, sayyohlarga va sayohat qilishga ishtiyoqi baland bo‘lgan. Taqdir taqozosi bilan turli sohalarda xizmat qilishga to‘g‘ri keldi. Hatto maʼlum vaqt jurnalistika sohasida faoliyat yuritib, respublika va viloyat televideniyesida samarali ish olib bordi.    

photo_2022-04-15_10-26-15

Lekin uning haqiqiy layoqati turizm sohasida ko‘zga tashlandi. 2010 yilda u o‘z oila aʼzolari bilan “Farg‘ona Vodiy Sayyoh” MCHJni tashkil etdi. Dastlab taʼlim tizimi vakillari hamda o‘quvchi yoshlarga xizmat ko‘rsatishdan boshlangan faoliyat, keyinchalik korxona va tashkilotlar, turli idora va mahallalardagi faol tabaqa vakillariga turistik xizmat ko‘rsatish bilan kuchaytirib yuborildi. 2012-2018 yillar davomida har yili o‘rta hisobda 30-40 ming sayyohga xizmat ko‘rsatdi. Farg‘ona vodiysida “Farg‘ona Vodiy Sayyoh” MCHJni bilmaydigan ziyoratgoh, madaniy meros obyekti, muzey yoki istirohat bog‘i vakillari qolmagan.

photo_2022-03-25_14-03-01 photo_2022-04-15_13-35-08 Pandemiya tufayli yuzaga kelgan qiyinchilik davrini ham yengib o‘tib, o‘z mijozlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga albatta, hukumatimiz tomonidan o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar qo‘l keldi. Xususan, Prezidentimizning 2020 yil 28-maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan “Farg‘ona Vodiy Sayyoh” MCHJ 235 mln. so‘mlik imtiyozli subsidiyani qo‘lga kiritdi. Natijada jamiyat o‘z mijozlarini saqlabgina qolmasdan, o‘z faoliyat hududini kengaytirishga erishdi.

photo_2021-09-07_17-16-08 photo_2021-09-07_17-14-56 photo_2021-04-05_14-37-43 "Farg‘ona Vodiy Sayyoh" MCHJ endilikda mamlakatimiz hududidagi ziyoratgohlar, tarixiy obidalar, mustaqilligimiz davrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Xorazm, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlari bo‘ylab sayohatlarni tashkillab kelmoqda.

photo_2021-04-06_08-10-01 photo_2021-03-13_20-35-08 Ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha sohadagi yangiliklar sababli “Farg‘ona Vodiy Sayyoh” MCHJ tomonidan har yili 60 mingdan ortiq sayyohlarni vodiy viloyatlari bo‘ylab sayohati tashkillashga erishmoqda. Bu borada mazkur turizm tashkiloti Farg‘ona vodiysida ham yetakchilardan biri hisoblanadi.

Yangi yo‘lga qo‘yilgan "Farg‘ona – Urganch – Farg‘ona" aviaqatnovi yordamida birgina 2021 yilning o‘zida "Xiva-Buxoro-Samarqand-Toshkent" yo‘nalishi bo‘ylab 3 mingdan ortiq sayyohlarga xizmat ko‘rsatishga erishdi.

photo_2021-03-05_07-27-45 photo_2021-03-04_13-06-39

Hamid aka, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Shohimardon qishlog‘ida ichki turizmni yana-da kuchaytirish, “Shohimardon” brendini butun dunyoga yoyish maqsadida, ushbu qishloqda 2016 yilda “Ekoturizm markazi” tashkil etildi va 12 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Qo‘shni Qirg‘izistondagi “AK-SUU KENT” turizm agentligi bilan hamkorlikda sayyohlarni Qirg‘iziston hududidagi “Ko‘liqurbon” va “Dugoba” alpinistlar lageriga sayyohlarni olib boruvchi yangi marshrut ishlab chiqildi. Shohimardonda joylashtirish vositalari sonini ko‘paytirish hamda sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2019 yilda yangi 30 o‘rinli dam olish maskani tashkillandi va yana qo‘shimcha 5 ta ish o‘rni yaratildi.

Bundan tashqari, Hamidjon Abdurahimovning tashabbusi bilan “Shakhimardan Camping Service” MCHJ balansiga Shohimardondagi dam olish maskanlaridan biri sotib olindi va taʼmirlanib 70 o‘rinli “Seven Brothers” joylashtirish maskani tashkillandi va o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Natijada bu dam olish maskanida ham 6 ta ish o‘rni yaratildi. 

photo_2021-03-16_18-48-47

photo_2021-03-31_16-42-44

“Farg‘ona Vodiy Sayyoh” MCHJning kelajakdagi rejalari bisyor. Qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston respublikalariga sayyohlik guruhlarini tashkillashdan tashqari, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyo, Yevropa, Rossiya, old Osiyo va arab mamlakatlariga sayyohlar yuborishni rejalashtirmoqda. Buning uchun jamiyatda barcha huquqiy asoslar va salohiyatli kadrlar yetarli.

Bahodir Hoshimov


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914