Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Sizlarni "PETERFOOD-2025" xalqaro oziq-ovqat ko'rgazmasiga taklif qilamiz

Sizlarni "PETERFOOD-2025" xalqaro oziq-ovqat ko'rgazmasiga taklif qilamiz

« Back

Sizlarni "PETERFOOD-2025" xalqaro oziq-ovqat ko'rgazmasiga taklif qilamiz 24.02.2025 09:55

Hurmatli tadbirkorlar!

2025-yilning 25-27-noyabr kunlari Sankt-Peterburgdagi EXPOFORUM kongress-ko‘rgazmalar markazida “PETERFOOD-2025” 34-xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. 

photo_2025-02-19_15-30-51

Ma’lumot uchun: “PETERFOOD” ko‘rgazmasi Shimoliy-G'arbiy mintaqadagi oziq-ovqat savdosi sohasidagi eng yirik ko'rgazma bo'lib, Rossiya va xalqaro chakana savdo tarmoqlari bilan biznes aloqalarini o'rnatish uchun yaxshi imkoniyatdir.2024-yilda ko‘rgazmada chakana savdo tizimi  bo‘yicha 7600 dan ortiq muzokara o‘tkazildi. Natijada umumiy qiymati 50 milliard rubldan oshgan hamkorlik protokollari imzolandi.

Tadbir Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati Savdo-sanoat palatasi, Rossiya Mustaqil tarmoqlar ittifoqi, "Rusprodsoyuz" uyushmasi, "Biznes Rossiya" jamoat tashkiloti, InfoLine, Romir, RBC agentliklari qo'llab-quvvatlamoqda.

Batafsil ma'lumot havolada: https://peterfood.ru/?ysclid=m49k4u41sh837631089


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914