2025-yil 12-sentyabr kuni Farg‘ona viloyati Turizm boshqarmasi va Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi hamkorligida “Humo” sanatoriyasida xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar Farg‘ona tumani, Chimyon MFYda joylashgan “Humo” sanatoriyasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i v.v.b Isomiddin Axmedov hamda Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumining maxsus fanlar o‘qituvchisi Og’abek Bozorov qatnashib, sanatoriy xodimlariga xizmat ko‘rsatish madaniyati, turizmdagi zamonaviy yondashuvlar va mehmonlar bilan muomala etiketi kabi mavzularda amaliy ma’lumotlar berishdi.

Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ–335-sonli qarorida belgilangan "Xorijiy hamda mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda kurort zonalardagi sanatoriylar xodimlari malakasini oshirish" vazifasini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

Seminar yakunida Farg‘ona viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan “Humo” sanatoriyasi rahbariyati va jamoasiga, sanatoriy faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida, xalqaro turizm yarmarkalarida faol ishtirok etish, shu orqali mazkur sanatoriyni xorijiy va ichki turizm bozorida keng targ‘ib etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

Bu kabi tadbirlar sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish, xizmat sifati va xodimlar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

