Home \ Yangiliklar \ “Tenge Bank” turoperator va turagentlarni hamkorlikka chaqirdi.

“Tenge Bank” turoperator va turagentlarni hamkorlikka chaqirdi.

« Back

“Tenge Bank” turoperator va turagentlarni hamkorlikka chaqirdi. 19.01.2022 18:06

Farg‘onada 1,5 yildan buyon faoliyat olib borayotgan chet el banki – “Tenge Bank” (Qozog‘iston) bugun viloyatda faoliyat yuritayotgan turoperator va turagentlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga ilk qadam tashladi. “Tenge Bank” yuridik va jismoniy shaxslarga 20 dan ortiq xizmat turlarini ko‘rsatib kelmoqda. Endilikda uning “Farg‘ona filiali” turoperatorlar faoliyatini yaxshilash hamda turopertorlar tomonidan yaratilgan turistik mahsulotlarni sotib olishi uchun ham yangi xizmat turini taklif qilmoqda. Bankning taklifiga ko‘ra, korxona va muassasalarning aylanma mablag‘ini shakllantirish  uchun 50 million so‘mgacha miqdordagi mikroqarz va kreditlar berish tartibi joriy qilingan. Buning uchun bank bilan mijoz o‘rtasidagi kelishuvlar, kerakli hujjatlarni taqdim qilish tartib to‘g‘risida aroflicha maʼlumot berildi.

Ushbu tadbirda Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi 30 ga yaqin sayyohlik firmalari, turoperator va turagentlar ishtirok etdi. Seminar-trening jarayonida beriladigan tijorat kreditlari hamda bank mijozlariga ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlar to‘g‘risida ham qo‘shimcha maʼlumotlar berildi.

photo_2022-01-19_16-51-10 fxAmA216062882481344_l photo_2022-01-19_16-51-03


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914