Logo - Turizm
UZ
UZ RU EN
logo sport
Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Turizm biznesi vakillari diqqatiga!

Turizm biznesi vakillari diqqatiga!

« Back

Turizm biznesi vakillari diqqatiga! 10.01.2025 10:00

2025-yil 21–25-fevral kunlari Pokistonning Lahor shahrida “Islom sanʼati festivali” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.  Ushbu festival islomiy sanʼatning boy anʼanalarini namoyish etuvchi va madaniy muloqotni rivojlantiruvchi yirik tadbir hisoblanadi. Bu yilgi festival Lahorning beshta mashhur madaniy meros maskanida tashkil etiladi. Unda 20 dan ortiq musulmon mamlakatlari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Festivalning asosiy yo‘nalishlari:
- Xattotlik va yorqin bezak sanʼati
- Miniatyura va qo‘lyozmalarni bezatish
- Meʼmorchilik va Islomiy geometriya
- To‘qimachilik va kashtachilik dizayni
- Musiqa va so‘fiyona sheʼriyat
- Kitob muqovalash sanʼati

Festival davomida islom badiiy anʼanalarining boyligini o‘rganish, jahon miqyosidagi sanʼatkorlar va ekspertlar bilan muloqot qilish hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga  xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun, oldingi yillarda ushbu tadbirda 50 000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashgan va 20 dan ortiq mamlakatdan kelgan 100 dan ortiq rassomlarning sanʼat asarlari namoyish qilingan.

Festival haqida batafsil maʼlumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://islamicartfestival.com/

 


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914