Prezidentimizning "Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qaroriga asosan oʼtkazilayotgan infoturda ishtirok etayotgan fotosuratchilar Qo'qon shahrining diqqatga sazovor obidalari, madaniy meʼros obʼektlari, madaniyati, sanʼati va hunarmandchiligi, gastronomik va turizm imkoniyatlarini suratga olishidi.
Infotur davomida professional fotosuratchilar o'zlarining maksimal qobiliyatlarini ishga solgan holda Qo'qon shahrining go'zal va tom ma'noda o'z sur'atlari nashr etiladigan postlar va publikatsiyalarning yuzi bo'ladigan fototasvirlar sur'atga olishdi.
Infotur so'ngida TDT Bosh kotibining o'rinbosari Mirvohid Azimov, Farg'ona viloyati hokimining o'rinbosari Xurshidjon Ahmedov, Qo'qon shahri hokimi Marufjon Usmonov, TDTga a'zo va kuzatuvchi davlatlar fotograflari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida brifing o'tkazildi.
Ishtirokchilar bilan suhbatda Bosh kotib o'rinbosari M.Azimov "Tabarruk ziyorat" loyihasini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratgan holda, tashkilot doirasida turizm sohasidagi hamkorlikning so'nggi o'zgarishlari haqida so'z yuritdi.
Tadbir MICE (Meetings, Incentives, Conferences and Exhibitions) formatida turizm konferensiyasi va infotur vaqtida olingan fotosuratchilarning asarlari ko'rgazmasi bilan davom etdi.