Home \ Yangiliklar \ Turkiy davlatlarning eng mashhur fotoijodkorlari Qo‘qonga taklif etiladi

Turkiy davlatlarning eng mashhur fotoijodkorlari Qo‘qonga taklif etiladi

« Back

Turkiy davlatlarning eng mashhur fotoijodkorlari Qo‘qonga taklif etiladi 31.08.2022 14:42

Qo‘qon shahriga turkiy davlatlardan nomdor fotograflar taklif etiladi va “Qo‘qon turkiy fotosuratchilar obyektivida” rukni ostida ko‘rgazma va yosh fotograflar uchun mahorat darslari tashkil etiladi.

Ushbu tashabbus Qo‘qon shahri “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” maqomini olganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-338-sonli qaroriga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarda qatnashish uchun Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar (Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston) va kuzatuvchi davlatlardan (Vengriya, Turkmaniston) ikki nafardan taniqli ijodkorlar yurtimizga taklif etiladi. Ushbu qiziqarli press-tur 2022-yil, oktabr oyining birinchi dekadasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 302423200_5384570721659817_5882622893516395564_n


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914