Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Xalqaro Turksoy Tashkiloti bilan hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda.

Xalqaro Turksoy Tashkiloti bilan hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda.

« Back

Xalqaro Turksoy Tashkiloti bilan hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda. 24.02.2023 00:00

Kuni kecha  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligida Xalqaro Turksoy Tashkiloti Bosh kotibi Sultan Rayev janoblari va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov   hamda Fargona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda 2023 yil davomida o‘tkazildigan xalqaro tadbirlar yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

photo_2023-02-24_18-11-51

Tashrif davomida Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universitetida "Turksoy" tashkilotining bosh kotibi  Sultan Rayev janoblari hamda Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari, Sharqshunoslik Universitetining bitiruvchisi Xurshid Axmedov hamda universitet vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida universitet va tashkilot o'rtasidagi hamkorlikni va Farg'ona viloyatidagi bo‘lib o‘tadigan ilmiy-amaliy halqaro anjumanlarni yanada rivojlantirish yuzasidan takliflar ko'rib chiqildi.

photo_2023-02-24_18-11-27

Shuningdek, joriy yilda universitetda Turksoy tashkiloti tomonidan "TURKSOY" xonasini ochish masalalari ham ko'rib chiqildi.

photo_2023-02-24_18-27-03


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914