Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Yosh Turizm elchilari kengashi

Yosh Turizm elchilari kengashi

« Back

Yosh Turizm elchilari kengashi 18.09.2024 10:32

Fargʻona viloyati Turizm boshqarmasida Respublika yosh Turizm elchilari kengashi Fargʻona viloyati a’zolarini saylash uchun suhbat boʻlib oʻtdi. 

IMG_4704

Fargʻona viloyati hokimi o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov 30 ga yaqin  turizm, mehmondoʻstlik va xalqaro madaniy aloqalar sohasida iqtidorli yoshlar bilan muloqot qildi.

Suhbat davomida  nomzodlar tomonidan sohani rivojlantirishga qaratilgan g‘oya va tashabbuslar, takliflar o‘rtaga tashlandi. Ularni amalga oshirish yo‘llari muhokama qilindi. 

IMG_4729

Shuningdek, Respublika Yosh Turizm elchilari Farg'ona viloyati Kengashi raisi Murodjon Kamoliddinov, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha bosh mutaxassisi Dildora Davlatyorova, viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi matbuot kotibi Gulnoza To‘xtasinovalar suhbat jarayonida ishtirok etdilar.

IMG_4735

IMG_4761

IMG_4750

IMG_4791

IMG_4827

Farg'ona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati.


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914