Home \ Biz haqimizda \ Turizm faoliyatini yo'lga qo'yish va yuritish NIZOMLARI \ Yarmarkalari va ko‘rgazmalarga turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risida NIZOM

Yarmarkalari va ko‘rgazmalarga turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risida NIZOM

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil

10-iyuldagi 433-son qaroriga

7-ILOVA

Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tomonidan tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:

Markaz — Qo‘mita huzuridagi “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi;

turizm sohasining subyektlari — turistik xizmatlar majmuini yoki ularning bir qismini ko‘rsatish, qo‘shimcha turistik xizmatlarni (ishlarni) bajarish hamda turistlar va ekskursantlarga tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar.

3. Tanlov asosida tanlab olingan (keyingi o‘rinlarda — tanlov) turizm sohasining subyektlari xalqaro turistik ko‘rgazma va yarmarkalarda (keyingi o‘rinlarda — ko‘rgazma va (yoki) yarmarka) ko‘rgazma maydonlarini ijaraga olish, eksponatlar uchun inshootlar yaratish va o‘rnatish xarajatlarini qoplashdan ozod qilinadi.

Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

4. Ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan xalqaro turizm ko‘rgazmalari va yarmarkalarida turizm sohasining subyektlarining ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlari ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan xarajatlarni Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

2-bob. Tanlovda ishtirok etish tartibi va shartlari

5. Xalqaro turizm yarmarkalari va (yoki) ko‘rgazmalarda xizmatlar va mahsulotlarning yangi turlari bilan ishtirok etish uchun turizm sohasining subyekti tadbirdan 90 kalendar kun oldin Markazga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi arizani (keyingi o‘rinlarda — ariza) shaxsan o‘zi, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda topshiradi.

6. Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

a) tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqida guvohnoma nusxasi;

b) turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar nusxalari;

v) turizm xizmatlariga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda olingan sertifikat nusxalari;

g) ushbu Nizomga 4-ilovada ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumot va hujjatlar.

7. Tanlovda qatnashish talablari va shartlari quyidagilardan iborat:

a) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq “kirish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish;

b) qayta tashkil etish, tugatish va bankrotlik jarayonida bo‘lmasligi;

v) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lishi;

g) qo‘mita tomonidan ilgari o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda ishtirok etish uchun Qo‘mitaga qarzdorligining yo‘qligi.

8. Markaz subyektlar tomonidan taqdim qilingan arizalarni kelib tushishiga muvofiq ravishda, markazning axborot resurslaridan foydalangan holda, elektron shakldagi daftarda qayd etadi.

9. Markaz turizm sohasining subyektlari tomonidan taqdim etilgan arizalarni kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida arizani ko‘rib chiqadi va tanlovda ishtirok etish yoki tanlovda ishtirok etishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

10. Arizani rad qilishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

a) ushbu Nizomning 5-bandida ko‘zda tutilgan hujjatlarni taqdim qilmaslik (to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim qilish);

b) taqdim etilgan arizalar va hujjatlarda ishonib bo‘lmaydigan ma’lumotlar mavjudligi;

v) subyekt tomonidan ariza va hujjatlarni taqdim etish muddatlarining buzilishi;

g) ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilmaslik.

Markaz qaror qabul qilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida turizm sohasining subyektiga qabul qilingan qarorni yuboradi.

3-bob. Turizm sohasining subyektlarini tanlab olish tartibi

11. Ko‘rgazma va (yoki) yarmarkada ishtirok etuvchi turizm sohasining subyektlarini tanlab olish Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.

Komissiya tarkibiga Qo‘mita, Markaz va O‘zbekiston Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi rahbarlari (mutaxassislari) kiradi.

Qo‘mitaning qarori bilan Komissiya raisi etib Qo‘mita rahbariyati tarkibiga kiruvchi mansabdor shaxs tayinlanishi mumkin.

Markaz Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.

Ko‘rgazma va (yoki) yarmarkada ishtirok etuvchiturizm sohasining subyektlarini tanlash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan ball tizimiga muvofiq amalga oshiriladi.

12. Ko‘rgazma va (yoki) yarmarkalarda ishtirok etish uchun turizm sohasining subyektlarini tanlash quyidagi toifalar bo‘yicha amalga oshiriladi:

I toifa — ish tajribasiga ega bo‘lgan turoperator va turagentlar:

a) 3 yilgacha;

b) 3 yildan (+ 1 kun) 10 yilgacha;

v) 10 yildan ortiq.

II toifa — joylashtirish vositalari;

III toifa — transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar.

II va III toifadagi turizm sohasining subyektlari mavjud bo‘lmagan hollarda ularning o‘rniga I toifadagi turizm sohasi subyektlari tanlanadi.

Ko‘rgazmalar va (yoki) yarmarkalarda ishtirok etish uchun ajratilgan joylar soni quyidagi toifalarga bo‘linadi:

turoperator va turagentlar uchun — 60 foiz;

joylashtirish vositalari uchun — 20 foiz;

transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun — 20 foiz.

Ko‘rgazmalar va (yoki) yarmarkalarda ishtirok etish uchun eng yaxshi turizm sohasining subyektini tanlash unga berilgan eng yuqori ball to‘plangan holda amalga oshiriladi.

Joylashtirish vositlari va transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan ko‘rgazma va (yoki) yarmarkada ishtirok etish uchun qiziqish bildirilmagan taqdirda, ular uchun ajratilgan o‘rinlar turoperator va turagentlar o‘rtasida taqsimlanadi.

13. Turizm sohasining subyektlari uchun ko‘rgazma va (yoki) yarmarkada qatnashish uchun tanlovda teng imkoniyatlar mavjud bo‘lganda, Komissiya raisi qaroriga binoan subyektga ustunlik beriladi.

14. Ariza ro‘yxatga olingan sanadan boshlab 20 kalendar kuni ichida Markaz turizm sohasining subyektini tekshirish hamda ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan tadbirlarda qatnashish uchun tanlovdan o‘tkazish natijalari haqida xabardor qiladi.

15. Markaz ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan tadbirlarda qatnashish uchun tanlov yakunlangan sanadan boshlab uch ish kuni ichida tanlov jarayonidan o‘tgan turizm sohasining subyektlari haqidagi axborotni uzbekistan.travel veb-saytida va Qo‘mitaning internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida shu jumladan Markazning axborot resurslarida joylashtiradi, shuningdek, tanlovdan o‘tmagan turizm sohasining subyektlarini qabul qilingan qarorning sabablari haqida xabardor qiladi.

4-bob. Komissiyaning ish tartibi

16. Komissiya faoliyati qarorlar mas’uliyatlilik, oshkoralik va kollegiallik asosida muhokama qilish va qabul qilish orqali amalga oshiriladi.

17. Komissiya o‘z faoliyatida qonunchilik va ushbu Nizomga amal qiladi.

18. Komissiya a’zosini almashtirishga faqat Qo‘mita raisining qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.

19. Komissiya, agar uning majlisida komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa (kvorum), o‘z funksiyalarini amalga oshirishda qonuniy huquqqa ega bo‘ladi.

Komissiya a’zolari komissiya majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt haqida o‘z vaqtida xabardor qilinishi lozim. Komissiya a’zolari tomonidan sirtdan ovoz berish yoki so‘rov yo‘li bilan qaror qabul qilinishi mumkin.

20. Quyidagilar Komissiyaning asosiy funksiyalari hisoblanadi:

a) turizm sohasi subyektlarining arizalarini (ma’lumotlarini, hujjatlarini) ko‘rib chiqish, baholash va taqqoslash;

b) tanlovda qatnashishga ruxsat berish yoki o‘rnatilgan talablarga javob bermaydigan arizalarni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

v) majlis natijalari bo‘yicha bayonnomalarni to‘ldirish.

21. Komissiya a’zolari quyidagi huquqlarga ega:

a) barcha taqdim etilgan hujjatlar va tanlov materiallari bilan tanishish;

b) komissiya majlisida so‘zga chiqish va bayonnomalarning to‘g‘riligini tekshirish.

22. Komissiya a’zolari:

a) qonunchilik va ushbu Nizom talablariga rioya qilish;

b) komissiya majlislarida shaxsan ishtirok etish;

v) turizm sohasi subyektlarining arizalarida va boshqa hujjatlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashlari shart.

23. Komissiyaga komissiya raisi rahbarlik qiladi. Komissiya raisi komissiya ishining tashkil etilishi uchun javobgardir. Komissiya raisi bo‘lmagan davrda uning majburiyatlarini komissiya raisining o‘rinbosari bajaradi.

Komissiya majlisida rais quyidagilarni amalga oshiradi:

a) komissiyaning ishiga umumiy rahbarlik qiladi;

b) komissiya majlisini o‘tkazish vaqtini tasdiqlaydi;

v) komissiya majlisi qonuniy huquqqa egaligini e’lon qiladi yoki komissiya a’zolarining zarur soni mavjud emasligi tufayli uni ko‘chirish to‘g‘risida qaror chiqaradi;

g) komissiya majlisini ochadi va olib boradi, tanaffuslarni e’lon qiladi;

d) kun tartibini e’lon qiladi;

e) muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi;

j) so‘zga chiquvchilarga so‘z beradi;

z) komissiya a’zolarining takliflarini va qabul qilinayotgan qarorlarning loyihalarini ovozga qo‘yadi, ovoz berishga yakun chiqaradi va qabul qilingan qarorlarni e’lon qiladi;

k) zarurat tug‘ilganda, ishga ekspert jalb qilish masalasini komissiya muhokamasiga qo‘yadi;

l) majlislar davomida tuziladigan bayonnomalarni imzolaydi;

m) qonunchilik va ushbu Nizomga muvofiq ravishda boshqa ishlarni amalga oshiradi.

24. Komissiya turizm sohasi subyektlarining arizalarida taqdim qilingan ma’lumotlarga tayanib, shuningdek, olingan ma’lumotlardan kelib chiqib va ekspertlar jalb qilinsa, ularning fikrini e’tiborga olib, qaror qabul qiladi.

25. Komissiya qarori kvorum mavjud bo‘lganda, majlisda qatnashayotgan komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

26. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Komissiya raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnoma majlisda ishtirok etayotgan barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.

5-bob. Tanlov natijalari bo‘yicha shartnoma tuzish

27. Komissiya tanlov natijalari bo‘yicha turizm sohasining subyektiga xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

28. Komissiya bayonnomasi asosida Markaz tanlab olingan turizm sohasi subyekti bilan tegishli xalqaro turizm ko‘rgazmasi va (yoki) yarmarkasida Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, uning arizasida va komissiya bayonnomasida ko‘rsatilgan shartlarda ishtirok etish to‘g‘risida shartnoma tuzadi.

29. Agar turizm sohasining subyekti o‘z arizasi va komissiya bayonnomasi shartlarida shartnoma tuzishdan bosh tortsa, unga nisbatan tanlov natijalari bekor qilinadi.

30. Ko‘rgazmada va (yoki) yarmarkada ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘zda tutilgan shartga ko‘ra, tadbirda ishtirok etishdan asossiz ravishda voz kechilsa yoki bosh tortilsa, unda turizm sohasining subyekti Markazga Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan uning tadbirda qatnashishi uchun sarflangan xarajatlarni qoplab beradi.

31. Komissiya tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar barcha tanlov ishtirokchilari uchun majburiydir.

6-bob. Yakunlovchi qoida

32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish

SXEMASI

Subyektlar

 

Chora-tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

         

Turizm sohasining subyekti

 

Ko‘rgazma va (yoki) yarmarkalarda xizmatlar va mahsulotlarning yangi turlari bilan ishtirok etish uchun Markazga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani shaxsan o‘zi, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda topshiradi

 

Belgilangan tadbirdan
90 kalendar kun oldin

   
         

Markaz

 

Arizani ko‘rib chiqadi va va tanlovda ishtirok etish yoki tanlovda ishtirok etishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

 

5 ish kuni ichida

   
         

Markaz

 

Qabul qilingan qarorni yuboradi.

 

2 ish kuni ichida

   
         

Markaz

 

Turizm sohasining subyektini tekshirish hamda ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan tadbirlarda qatnashish uchun tanlovdan o‘tkazish natijalari haqida xabardor qiladi.

 

20 kalendar kun ichida

   
         

Markaz

 

Tadbirlarda qatnashish uchun tanlov jarayonidan o‘tgan turizm sohasining subyektlari haqidagi axborotni uzbekistan.travel veb-saytida va Qo‘mitaning internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida shu jumladan Markazning axborot resurslarida joylashtiradi, shuningdek, tanlovdan o‘tmagan turizm sohasining subyektlarini qabul qilingan qarorning sabablari haqida xabardor qiladi.

 

3 ish kuni ichida

   

Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalari

RO‘YXATI

T/r

Xalqaro turizm ko‘rgazmasining (yarmarkasining) nomi

O‘tkaziladigan mamlakat, shahar

O‘tkazilish sanasi

1.

FITUR

Madrid, Ispaniya

Yanvar

2.

New York Times Travel Show

Nyu-York, AQSh

Yanvar

3.

EMITT

Istanbul, Turkiya

Yanvar-fevral

4.

OTM

Mumbay, Hindiston

Fevral

5.

IMTM

Tel-Aviv, Isroil

Fevral

6.

ITB Berlin

Berlin, GFR

Mart

7.

MITT

Moskva, RF

Mart

8.

AITF

Boku, Ozarbayjon

Aprel

9.

KITF

Olmaota, Qozog‘iston

Aprel

10.

ATM

Dubay, BAA

Aprel

11.

SITIF

Seul, Koreya Respublikasi

Iyun

12.

HalalTravelExpo&Forum

Jakarta, Indoneziya

Iyun

13.

MATTA

Kuala-Lumpur, Malayziya

Sentyabr

14.

TopResa

Parij, Fransiya

Oktyabr

15.

TTG Rimini

Rimini, Italiya

Oktyabr

16.

TourismExpoJapan

Yaponiya

Oktyabr

17.

ITB Asia

Singapur

Oktyabr

18.

WTM

London, Buyuk Britaniya

Noyabr

19.

CITM

Kunmin, XXR

Noyabr

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qaroriga ko‘ra ushbu Ro‘yxatga turizm sohasidagi boshqa xalqaro tadbirlar ham kiritilishi mumkin.

Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

http://lex.uz/files/4938642

Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

Xalqaro turizm ko‘rgazmalari va yarmarkalarida xizmatlar va mahsulotlarning yangi turlari bilan ishtirok etish uchun turizm sohasining subyektlarini tanlashda baholash mezoni bo‘yicha o‘rnatilgan

BALLAR

T/r

Mezonlar

Ballar

I. Kompaniya faoliyatiga AKTni joriy etish

1.

Rasmiy veb-saytning mavjudligi (foydalanuvchiga qulayligi va ma’lumotlarning to‘liqligi)

0 — 3

2.

To‘liq ishlaydigan veb-sayt sahifasi tillari soni

har bir til uchun 1 balldan (rus va o‘zbek tilidan tashqari)

3.

Rasmiy veb-saytda turistik xizmatlar va mahsulotlarni onlayn bron qilish va sotish imkoniyatining mavjudligi (internet-ekvayring)

0 — 2

II. Turistik xizmatlar va mahsulotlar*

1.

Yo‘nalishlar bo‘yicha turpaketlar:**

har bir turpaket 2 balldan

a) ekoturizm;

b) agroturizm;

v) ekstremal turizm;

g) tibbiyot turizmi;

d) etnoturizm;

e) MICE;

j) boshqalar

2.

Turpaket doirasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish.

har bir turpaket uchun qo‘shimcha ravishda 1 balldan

3.

“Turistik mahalla”, “Turistik qishloq” yoki “Turistik ovul” maqomiga ega bo‘lgan joylar uchun turpaketlar.

har bir turpaket uchun qo‘shimcha ravishda 1 balldan

III. Xodimlar va marketing faoliyati

1.

Yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy va / yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shtatda ishlovchilar soni:***

har bir xodim uchun 2 balldan

a) turizm;

b) marketing;

v) gid-tarjimon;

g) mehmonxona biznesi

d) turoperator va turizm bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlar.

2.

Shtatda turizm bilan bog‘liq “gid”, “ekskursiya yetakchisi”, “yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi” va boshqalar bo‘yicha malaka sertifikatiga ega bo‘lgan xodimlar soni***

har bir xodim uchun 2 balldan

3.

Kompaniyaning xalqaro turizm veb-platformalarida mavjudligi (Booking, Expedia, Trip.com, TakeTours i dr. xalqaro veb-portallar)

har bir veb-portal uchun 1 balldan

4.

Facebook, Instagram, YouTube, Twitter, WeChat va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda faolligi. (ijtimoiy tarmoqlarda mavjud bo‘lgan obunachilarning soni)

har 1000 obunachi uchun 1 balldan

5.

Tasvirli va matnli yo‘nalish o‘rtasida muvozanat mavjud bo‘lgan (50/50) tarqatma materiallar mavjudligi (O‘zbekistonning turistik salohiyatini aks ettiruvchi broshyuralar va kataloglar)

har bir tarqatma material uchun 1 balldan

* faqatgina turoperator va turagentlar uchun;

** bitta turpaket fvqvt bitta yo‘nalishda ko‘rib chiqiladi.Individual turlarning 30% Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentda bo‘lishi kerak, qolgan 70% Respublikaning boshqa hududlarida;

*** Kompaniyadagi xodimning ish tajribasi tanlovda ishtirok etish uchun ariza berish paytida kamida 6 oy bo‘lishi kerak.

Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914