Сайт:
ferganatourism.uz
Изображение: 1/1

Рисунок1

Sariqamish ko‘li Beshariq tumanining g‘arbida joylashgan 1000 ming gektar maydonga ega tabiiy ko‘l havzasi hisoblanadi. Mazkur ko‘lning afzalligi suv manbai to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sirdaryo daryosi hisoblanadi. Shu sababli, ko‘lda baliq, yovvoyi qushlar, hayvonlar tabiiy sharoitda ko‘payadi.

Ko‘l hududida ov qurollaridan foydalangan holda ov qilishga ruxsat etilgan. Farg‘ona viloyatida 10 mingdan ortiq ovchilar mavjud, mos ravishda vodiyning 3 ta viloyatida ovchilar soni 30 mingdan ortadi. Farg‘ona vodiysida ov qilish uchun qulay, bu kabi katta ov maydoni yagona hisoblanadi.

IMG_20221007_161512_179

 

IMG_20221007_161947_822

IMG_20221007_161431_284

Рисунок2

 

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi sohasini yana-da rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Turizm va madaniy meros vazirligi bilan birgalikda “2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon fondi yerlarida ekoturizm infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi” ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil  5 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va 2020 yil  6 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  qarorida belgilab berilgan topshiriq asosida Turizm va madaniy meros vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘rtasida o‘rmon fondi yerlarida ekoturizm loyihalarini amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘zaro almashish tizimi joriy etildi.

Qarorda Ekoturizm yo‘nalishi bo‘yicha o‘rmon fondi yerlarida 2030 yilgacha ekologik obyektlar soni 600 taga, ekomarshrutlar soni esa 120 taga, rekreatsiya hududlari soni 40 taga, ekoturizm loyihalari soni esa 1500 taga yetkazilib, rekreatsiya va turizm sohasidan tushadigan tushum 5 milliard so‘mga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Предыдущее Следующее
Предыдущее Следующее
Вернуться в галерею