KOTELNIKOV UYI
Farg‘ona viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi va fuqaro Asqarov Yuriy Sheraliyevich tashabbusi bir zamonlar Farg‘ona general-gubernatori Mixail Dmitriyevich Skobelev (1875-1882) huzurida boshqaruv lavozimlarida xizmat qilgan Sergey Ivanovich Kotelnikovning ko‘shki, yaʼni zodagon yashab o‘tgan bino tarixini qayta tiklash bo‘yicha chora - tadbirlar amalga oshirildi. Hududdiy boshqarma va fuqaro tomonidan ushbu uyda kichik muzey va mehmon uyini tashkil etish, hamda uni mintaqaning sayyohlik obyektlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu uy-joy taniqli Toshkentlik meʼmor Georgiy Mixaylovich Svarichevskiy (1868-1936) loyihasi asosida 1906 yilda “Barokko”uslubida bunyod etilgan. Shuni taʼkidlash lozimki, Asqarov Yuriy Sheraliyevich sayi-harakati bilan ushbu bino o‘zining birinchi ko‘rinishini yo‘qotmagan meʼmoriy yechimini saqlab qolgan. Qurilish o‘sha davrga xos anʼana va usullarda mahalliy va chetdan keltirilgan harsang tosh, pishgan va hom g‘isht, yog‘och va ganchlardan foydalangan holda qurib bitkazilgan.