Home \ Yangiliklar \ 2023-yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

2023-yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

« Back

2023-yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi 28.01.2022 10:18

Aholini hisobga olish

Ozbekiston Respublikasida aholini royxatga olish 2023- yilda otkaziladi

“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi PF-5655-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023- yil 1-25- noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Rejaga asosan aholini ro‘yxatga olish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi :

         1-5- noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmogi orqali aholini royxatga olish (5 kun);

         6-10- noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmogi orqali royxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari royxatini shakllantirish (5 kun);

         11-22- noyabr kunlari — aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholini royxatga olish (12 kun);

         23-25- noyabr kunlari — har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining               10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganish (3 kun).
Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914