Bosh sahifa \ Yangiliklar \ “AVVAL” VA “VODIL” QISHLOQLARIDA “TURIZM QISHLOG‘I”NI TASHKIL QILISH BO‘YICHA AHOLI O‘RTASIDA UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

“AVVAL” VA “VODIL” QISHLOQLARIDA “TURIZM QISHLOG‘I”NI TASHKIL QILISH BO‘YICHA AHOLI O‘RTASIDA UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

« Back

“AVVAL” VA “VODIL” QISHLOQLARIDA “TURIZM QISHLOG‘I”NI TASHKIL QILISH BO‘YICHA AHOLI O‘RTASIDA UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA 10.06.2022 17:58

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 631-sonli qarori hamda 2021-yil 7 – 8-apreldagi Farg‘ona tumani “Avval” va “Vodil” qishloqlarida “Turizm qishlog‘i”ni tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari L.Zakirlayeva joriy yilning 9-iyun kuni Farg‘ona tumani “Avval” va “Vodil” qishloqlarida uchrashuvlar o‘tkazdi.

photo_2022-06-10_17-53-07

photo_2022-06-10_17-53-07 (2)

photo_2022-06-10_17-53-09
L.Zakirlayeva uchrashuv qatnashchilariga “Avval” va “Vodil” qishloqlarida mavjud turizm salohiyatidan samarali foydalanish, tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, turizm sohasida yangi tadbirkorlik faoliyatlarini tashkil etish, buning natijasida “Avval” va “Vodil” qishloqlarida “Turizm qishlog‘i”ni tashkil qilish bo‘yicha o‘z tushuncha va ko‘nikmalarini berib o‘tdi.

photo_2022-06-10_17-53-11

photo_2022-06-10_17-53-14

photo_2022-06-10_17-53-15

photo_2022-06-10_17-53-17
Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida qishloq hududida oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish, uning afzalliklari va istiqbollari, tadbirkorlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar to‘g‘risida uchrashuv qatnashchilari va xonadon egalariga tushuntirishlar olib borildi.


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914