
Joiry yilning 8-11 fevral kunlari viloyat ishchi guruhi va bir guruh tadbirkorlardan iborat delegatsiyasi Belorus Respublikasining Minsk shahri va Gomel viloyatiga tashrifni amalga oshirdi.
Tashrif davomida rasmiy uchrashuvlar va muzokaralar o'tkazildi, shuningdek, Belorus Milliy texnika universiteti va universitet qoshidagi "Politexnik" innovatsion texnoparki, Belorus universal tovar birjasi, "Gomel-raton" EIZ va Gomel viloyatidagi 5ta yirik sanoat ishlab chiqarish obyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Hamkorlik uchun istiqbolli yo'nalishlar belgilanib, dastlabki kelishuvlarga erishildi.