Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Dang‘arada yana bir katta ommaviy sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Dang‘arada yana bir katta ommaviy sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

« Back

Dang‘arada yana bir katta ommaviy sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. 14.02.2022 21:41

Bugun, 14-fevral kuni Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida tom maʼnoda sog‘lomlashtirish bo‘yicha sport bayrami o‘tkazildi. U “O‘zbekiston yoshlari kelajak poydevori” shiori ostida o‘tib, Viloyat hokimligi, viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi, tuman hokimligi, tuman prokuraturasi hamda Yoshlar agentligi tuman bo‘limi hamkorligida tashkillandi. Mazkur tadbir “Yoshlar forumi” sifatida yana-da keng qamrovli aholi qatlamini qurshab oldi.

photo_2022-02-14_18-43-51

photo_2022-02-14_18-13-29

photo_2022-02-14_18-43-37

photo_2022-02-14_18-43-26

photo_2022-02-14_18-43-41

photo_2022-02-14_18-43-31

Tadbirda Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari F. Qosimov, Dang‘ara tumani hokimi A. Tojihakimov, tuman prokurori A. Ubaydullayev va boshqa masʼul shaxslar ishtirok etdi. Forum tumandagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tishini taʼminlash, har bir mahallada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratildi.  Tadbir tumanning 2-sektori hududidagi “Teleming” MFYda erta tongdan boshlanib,  unda aholining barcha qatlami vakillari, nuroniy-faxriylar, xotin-qizlar, uyushmagan yoshlar ishtirok etdi. “Sog‘lom hayot sari 5000”  qadam shiori ostida ommaviy yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.

photo_2022-02-14_18-43-00

photo_2022-02-14_18-42-33

photo_2022-02-14_18-43-55 (2)

Ommaviy yurish hamda ertalabki, Badantarbiya mashg‘ulotlarida 600 dan ziyod aholi vakillari va uyushmagan yoshlar faol ishtirok etdi. Shu o‘rinda alohida taʼkidlash joizki, badantarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda tuman BO‘SM murabbiylari jonbozlik ko‘rsatib, tadbirni yuqori saviyada o‘tishiga munosib hissa qo‘shdilar.

photo_2022-02-14_18-00-21

photo_2022-02-14_18-44-38

photo_2022-02-14_18-01-25 

photo_2022-02-14_18-01-18

photo_2022-02-14_18-44-40

Shundan so‘ng madaniy tadbirlar bilan birga sport tadbirlariga ham start berildi. Mahalladagi uyushmagan yoshlardan iborat  ko‘chalar terma jamoalari  sportning voleybol, futbol, stol tennisi, shaxmat, basketbol, tosh ko‘tarish, arqon tortish, avtosport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Birgina voleybol musobaqalariga 250 dan ortiq uyushmagan yoshlar jalb qilindi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilar mutasaddi tashkilotlarning esdalik sovg‘alari va  tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.  

Безымянный

Безымя+

photo_2022-02-14_18-43-43

Tadbir respublika, viloyat va tuman ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida tasvirga tushirildi

Nosirjon Umarov


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914