Diqqat eʼlon! 06.01.2025 09:30
Joriy yilning 7-yanvar kuni soat 14:00da Fargʻona shahridagi Tadbirkorlar uyida Fargʻona viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan "Turizm mutaxassislari bilan yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtadi.
Uchrashuvda Turizm boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Muzaffar Temirov hamda boshqarmaning turizm sohasidagi ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislari ishtirok etadi
Mazkur uchrashuvga viloyatdagi barcha turizm sohasiga qiziquvchi faol yoshlarni taklif etamiz.
Fargʻona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati