Bosh sahifa \ Yangiliklar \ DIQQAT, E'LON

DIQQAT, E'LON

« Back

DIQQAT, E'LON 14.05.2025 10:39

fd5e8a5c5dae621604fc73cfefdbe7e9

 

“Salom O'sh-2025” ko'rgazma-yarmarkasida ishtirok etishga taklif etamiz!

Hurmatli turizm sohasi vakillari!

Joriy yilning 3-4-iyun kunlari Qirg'iz Respublikasining O'sh shahrida “Salom O'sh-2025” II Xalqaro sayyohlik ko'rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. 

Ko'rgazmaning maqsadi: 
 Mintaqaviy turizm aloqalarini mustahkamlash
 Davlatlar o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
 Sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish
 Markaziy Osiyodagi umumiy tarix va madaniy merosni birgalikda targ‘ib qilish

Ko'rgazma doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:
 “Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab turizm”, “Barqaror turizm” va “Turizm infratuzilmasi” mavzularida panel sessiyalari
 Ishtirokchi davlatlar delegatsiyalari o‘rtasida B2B uchrashuvlar
 Qirg'iz Respublikasining turizm salohiyati, yangi loyihalari hamda investitsiya imkoniyatlarining taqdimoti
 Madaniy dasturlar va ekskursiyalar

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 
 +998 73 244 14 40
 +998 88 965 90 99


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914