Mazkur ko’rgazma turizm sohasidagi rasmiy tadbir bo‘lib, Eron Islom Respublikasi hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Tadbirlar doirasida xorijiy investorlar, tadbirkorlar va Eronning turizm sohasidagi vakillari ishtirokida uchrashuvlar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bu esa eronlik hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatish va o'zaro turistlar oqimini ko'paytirish to'g'risida kelishuvlarga erishish uchun yaxshi imkoniyatdir.
Ma’lumot uchun: TITE - xalqaro mehmonxona va sayyohlik ko‘rgazmasi bo’lib, u har yili Tehronda o‘tkaziladi va jahon turizm standartlariga olib boradigan eng qisqa yo‘lga aylanib bo’lgan.
Tadbir bilan bog‘liq qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi raqamga murojaat etishingiz mumkin: +989195659441
Fargʻona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati