Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Farg‘ona mart oyida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi-2023 (U20) bahslariga mezbonlik qiladi: Qatar, Avstraliya, Eron va Vetnam jamoalari ishtirokidagi o‘yinlar, shuningdek, O‘zbekiston-Indoneziya bellashuvi “Istiqlol” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi

Farg‘ona mart oyida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi-2023 (U20) bahslariga mezbonlik qiladi: Qatar, Avstraliya, Eron va Vetnam jamoalari ishtirokidagi o‘yinlar, shuningdek, O‘zbekiston-Indoneziya bellashuvi “Istiqlol” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi

« Back

Farg‘ona mart oyida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi-2023 (U20) bahslariga mezbonlik qiladi: Qatar, Avstraliya, Eron va Vetnam jamoalari ishtirokidagi o‘yinlar, shuningdek, O‘zbekiston-Indoneziya bellashuvi “Istiqlol” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi 18.01.2023 09:42

Joriy yil 1-18 mart kunlari mamlakatimizda futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi-2023 (U20) final bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

photo_2023-01-17_18-52-30

 

Bellashuvlar Toshkentdagi “Bunyodkor”, “JAR”, “Lokomotiv” hamda Farg‘onadagi “Istiqlol” o‘yingohlarida o‘tkaziladi.

photo_2023-01-17_18-52-32

 

“A” guruhi: O‘zbekiston, Indoneziya, Suriya, Iroq

“B” guruhi: Qatar, Avstraliya, Vetnam, Eron

“C” guruhi: Koreya Respublikasi, Tojikiston, Iordaniya, Ummon

“D” guruhi: Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Xitoy, Qirg‘iz Respublikasi.

Farg‘onadagi “Istiqlol” o‘yingohida Osiyo Kubogining 6 ta uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

“B” guruhidagi barcha o‘yinlar (Qatar-Avstraliya uchrashuvidan tashqari) hamda “A” guruhining O‘zbekiston-Indoneziya bellashuvi.

1 mart kuni Avstraliya-Vetnam (15:00) hamda Qatar-Eron (19:00) jamoalari “Istiqlol”da maydonga chiqishadi.

4 mart kuni Farg‘onada Eron-Avstraliya (15:00) hamda Vetnam-Qatar (19:00) uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

7 mart kuni dastlab Vetnam-Eron (15:00) jamoalari bellashuviga guvoh bo‘lsak, soat 19:00 da O‘zbekiston terma jamoamizning Indoneziyaga qarshi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

photo_2023-01-17_18-52-33

 

 


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914