Oʻziga xos sayohat sifatida tashkillangan mazkur press turda jurnalistlar Qirgʻiziston respublikasining Botken viloyati boʻylab turistik salohiyati yuqori boʻlgan obyektlar bilan yaqindan tanishdilar.
Botken viloyati Qirgʻizistonning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib 1999-yilning 12 oktabr oyida Oʻsh viloyati tarkibidan Botken, Qadamjoy, Laylak tumanlari va Qizilqiya, Sulukta shaharlari ajralib alohida viloyat boʻlib tashkil topgan. 2000-yilda tuman markazi Botken va 2001-yili Isfana qishloqlari shahar maqomini olgan.
Viloyat janubi-gʻarbiy va shimoli-gʻarbida Tojikiston, shimolida Oʻzbekiston, sharqda Oʻsh viloyati bilan tutashgan. Viloyat hududida boshqa davlatlarga tegishli bir qancha anklavlar mavjud.
Qirgʻiziston respublikasi Administratsiyasi press tur ishtirokchilarini Qirgʻiziston respublikasining kirish qismida doʻstona kutib oldilar.
Qirgʻizistonning Batken viloyatida, togʻlar orasida sirli, mahalliy aholi tomonidan turli rivoyatlar manbasiga aylangan gʻor bor. Aytishlaricha, ilgari odamlar bu yerga borib qaytmagan. Oʻz davrida yirik davlat boʻlgan Qoʻqon xonligi bilan bogʻliq jihatlari ham bor.
Maʼlumotlarga koʻra gʻordan oxirgi 500-yil davomida turli maʼdanlar qazib olingan, oxirgi marta 1950-yillarda suv chiqib ketishi natijasida toʻxtatilgan. Fargʻonalik jurnalist blogerlar Batkenning turizm salohiyatini oʻrganishni aynan mazkur gʻordan boshlashdi.
Kani Gut gʻorini sayyohlar eng koʻp keladigan joylardan biriga aylantirilmoqchi va Fargʻonalik mehmonlar bu borada birinchi boʻlishdi. Mazkur sayohat orqali nafaqat qoʻshni oʻlkaga yangi sayyohlik yoʻnalishlarini ochish, balki, oʻzaro bordi-keldini yanada yaxshilash, bu yerda ham Fargʻona viloyatining turizm salohiyatini namoyish qilish, mahalliy mutaxassislar bilan kelishib qirgʻizistonlik sayyohlarni yurtimizga bundanda koʻproq jalb etish va shu kabi bir qator maqsadlar koʻzlanganligini, mutaxassislar aytishadi.
Undan soʻng sayohat Botkenning soʻlim va rangli togʻlardan iborat qadimgi ekoturistik obyektida davom etdi.
Bu yerda mis qazilmalarni eritadigan, qadimdan saqlanib qolgan oʻchoqlarni tarixi va dinozavr aksi chiqqan togʻ bilan tanishildi.
Tabiat qoʻynida, togʻ tepasida qardosh doʻstlar bilan birgalikda milliy taomlari bilan tashkil etilgan info tur ishtirokchilarida boshqacha taassurot qoldirdi.
Eng qiziqarligi “Toʻrtkoʻl” koʻliga tashrif boʻldi. Bu yerdagi manzara, tiniq, koʻm-koʻk koʻl, atrofdagi oʻrab turgan adirlar, tabiatini odamni hayron qoldiradi.
Info tur davomida ishtirokchilar Botkenning Ekoturistik markazlar, ularda olib borilayotgan amaliy ishlar, rangli togʻlar, tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishib, koʻplab maʼlumotlar olish bilan bir vaqtda madaniy xordiq chiqarib qaytishdi.
Fargʻona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati