2025-yil 1-10-yanvar o‘quv ta’tili kunlari Turizm boshqarmasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yoshlar turizmi haftaligi” bo'lib o'tmoqda.
![]()
"Yoshlar turizmi haftaligi" davomida Farg‘ona viloyatining maktab o'quvchilari va talabalari uchun viloyatning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirildi.
![]()
Sayohat davomida yosh sayohatchilarga viloyat tarixi va madaniyati muzeyi bo‘ylab ekskursiya tashkillanib ular viloyatimizning qadimgi tarixi, hayvonot olami, madaniyati, milliy liboslari, hunarmandchilik buyumlari, xonlik davriga oid maʼlumotlar berildi.
![]()
Shuningdek, yosh sayohatchilar uchun viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan taqdim etilayotgan qishki tatil teatrlashtirilgan sahna chiqishlaridan bahramand bo'lishmoqda.
Farg'ona viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati
https://t.me/ferghanatourism