Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Farg‘ona viloyatida hostellar soni yana bittaga ko‘paydi

Farg‘ona viloyatida hostellar soni yana bittaga ko‘paydi

« Back

Farg‘ona viloyatida hostellar soni yana bittaga ko‘paydi 17.03.2022 12:28

Farg‘ona viloyatining Furqat tumani, Istiqlol MFY, O‘rikzor ko‘chasi 145-uyda yangi joylashtirish vositasi – “Kamola Hostel” ish boshladi. “Zafarjon imkoniyati” oilaviy korxonasiga qarashli mazkur Hostel bir vaqtning o‘zida 30 nafar mehmonni qabul qila oladi. Hostelda bepul wi-fi, internet tizimi, sputnik orqali ulangan TV va boshqa maishiy ehtiyoj uchun zarur qulayliklar mavjud. Hostel tuman markazidan bor-yo‘g‘i 1 km. masofada, shundoqqina Qo‘qon-Xo‘jand avtomagistrali yoqasida joylashgan.

photo_2021-12-28_14-50-26

photo_2022-03-15_09-18-26 (2)

photo_2021-12-28_14-50-22

Безымянный

Hostel mehmonlari haqiqiy o‘zbek mahallalari muhiti bilan uyg‘unlashgan manzaraning guvohi bo‘ladi. Shu yerning o‘zida mehmonning xohishiga qarab nonushta,  tushlikka milliy va Yevropa taomlari tayyorlab beriladi. Bundan tashqari uning atrofida dehqon va buyum bozori, milliy taomlar oshxonasi, o‘zbekcha choyxonalar ham mavjud.

Локация

photo_2021-12-28_14-44-15

photo_2021-12-28_14-44-08

“Kamola Hostel” mehmonlari uchun tuman va uning atrofidagi madaniy meros obyektlari bo‘ylab sayohatlar tashkillash mumkin. Qadimiy Qo‘qonning go‘zal va haybatli tarixiy binolarini, madaniyat muassasalari va betakror sharq bozorini tomosha qilish imkoni yaratilgan. Taxminan 20 minutli yo‘lda joylashgan bu shaharga (12 km) sayohat uyushtiruvchi gid-tarjimonlar ham xizmatingizga tayyor.

Ma’lumot o’rnida aytmoqchimizki, Farg’ona viloyatida yil yakuniga qadar yana 13 ta hostel foydalanishga topshirilib, ularning sonini jami 30 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Bahodir Hoshimov


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914