Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Fargʻona viloyatida raqamlashtirish va turizm sohasida yangi imkoniyatlar

Fargʻona viloyatida raqamlashtirish va turizm sohasida yangi imkoniyatlar

« Back

Fargʻona viloyatida raqamlashtirish va turizm sohasida yangi imkoniyatlar 18.02.2025 10:43

Fargʻona viloyatida raqamlashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirish va turizm sohasidagi elektron toʻlovlar tizimini kengaytirish maqsadida ochiq muloqot tarzida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda raqamli texnologiyalarni tadbirkorlar faoliyatiga tatbiq etish, yangi xizmatlar va yechimlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda, shuningdek, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar va biznes vakillari ham ishtirok etdi. 

photo_2025-02-18_01-02-33

Uchrashuvning asosiy maqsadi, raqamli texnologiyalar yordamida turizm sohasida yangi imkoniyatlar yaratish, elektron toʻlovlar tizimini rivojlantirish va tadbirkorlar faoliyatiga qoʻshimcha yordam berishdan iborat boʻldi. “Clik” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan yangi loyiha — “Click-day” tadbirkorlar uchun innovatsion xizmatlarni taklif etish va raqamlashtirish jarayonida hamkorlik qilishga qaratilgan. Ushbu loyiha, raqamli xizmatlar orqali biznesning rivojlanishiga koʻmaklashishni maqsad qilgan. 

photo_2025-02-18_01-02-37

Tadbirda kompaniya tomonidan taqdim etilgan yangi xizmatlar va raqamlashtirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. “Click-day” loyihasi tadbirkorlarning biznes faoliyatini optimallashtirish, shuningdek, turizm sohasida elektron toʻlovlarni amalga oshirishni yanada osonlashtirishga yordam beradigan yangi yechimlarni taklif etadi. Bu esa o‘z navbatida biznesni tezkor va samarali tarzda boshqarish imkoniyatlarini yaratadi.

photo_2025-02-18_01-02-34

Mazkur tadbirda raqamlashtirish jarayonlari orqali turizm va boshqa sohalarda biznes faoliyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochilishi ta’kidlandi. Elektron toʻlovlar tizimi va yangi raqamli xizmatlar yordamida, kompaniyalar o‘z faoliyatlarini yanada samarali va raqobatbardosh qilish imkoniga ega boʻladilar. Uchrashuvda, shuningdek, tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish va ularni yangi raqamli yechimlar bilan tanishtirish, sohada yuqori samaradorlikka erishish uchun muhim omil hisoblanadi.

photo_2025-02-18_01-02-42

Fargʻona viloyatida raqamlashtirish va elektron toʻlovlar tizimini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan bu tadbir, yangi biznes imkoniyatlari yaratish va tadbirkorlar faoliyatini yanada rivojlantirishda muhim qadam boʻldi. Shuningdek, bu kabi tashabbuslar raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va turizm sohasini global miqyosda rivojlantirishga xizmat qiladi. 

photo_2025-02-18_01-02-40

Fargʻona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati

 


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914