Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Farg‘ona viloyatida "Sanitariya inqilobi" bo‘yicha ishchi guruhining o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Farg‘ona viloyatida "Sanitariya inqilobi" bo‘yicha ishchi guruhining o‘rganish ishlari davom etmoqda.

« Back

Farg‘ona viloyatida "Sanitariya inqilobi" bo‘yicha ishchi guruhining o‘rganish ishlari davom etmoqda. 15.09.2022 16:50

#sanitariya_gigiyena_shoxobchalari

#turizm

✅ Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga muvofiq, joriy yilning 20-iyun kunidan respublikamizdagi barcha turizm namoyishi obyektlarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarining mavjudligi, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga muvofiqligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining boshqarma boshlig‘i M.Xayitova boshchiligida Respublika ishchi guruh a’zolari hamda tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari tomonidan 13-sentabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bevosita joylarga chiqqan holda manzilli ro‘yxatga asosan o‘rganish ishlarini olib borildi.

 

115703E0-BE8F-40B2-AA34-5C795223C1E5

581923A3-E586-4A32-8869-79192ED17827

✅ Qo‘qon shahridagi madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar, mehmonxonalar, sihatgoh va dam olish zonalari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, ommaviy namoyish joylari, bozorlar, shuningdek, vokzal va avtoshohbekatlari tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida yuqorida ko‘rsatilgan obyektlarda bir qator xato-kamchiliklar, jumladan, sanitar-gigiyenik, texnik xavfsizlik, yong‘in xavfsizligini oldini olish talablariga javob bermasligi aniqlandi.

721E5846-9CDB-4FE4-A7FE-0F8D178656EA

4375CAB1-898F-4A85-84F7-5ED8E68054FD

✅ Shuningdek ushbu obyektlarda jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yosh bolali ota-onalar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilmagan. Har bir tashkilot vakillariga joyida kamchiliklar ko‘rsatilib, jumladan, bozor, vokzal va shohbekat mas’ullari chaqirilib ularga tegishli taklif va tavsiyalar berildi, qarorning mohiyati va uning talablari aytib o‘tildi, farmoyishda berilgan topshiriqlarni zudlik bilan bajarish, tashkilotlarning me’yoriy hujjatlardagi talablarni tashkil qilish masalalari qo‘yib berildi.Viloyatimiz bo‘ylab ishchi guruhining o‘rganish ishlari davom etmoqda.

 

DC06ADC7-7B48-4321-8D83-CA94AC4FE77B

 

https://t.me/ferghanatourism_heritage


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914