Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Farg‘onada APTA seminari boshlandi

Farg‘onada APTA seminari boshlandi

« Back

Farg‘onada APTA seminari boshlandi 13.07.2022 15:46

Bugun – 13-iyul kuni Farg‘ona shahridagi “Terra Nova” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi (APTA) hamda Farg‘ona viloyat hokimligi bilan hamkorlikda “Ipak yo‘li bo‘ylab turizm tashabbusi: Markaziy Osiyo va Yevropa hamjamiyati o‘rtasida turizm aloqalarini yaratish” mintaqaviy loyiha doirasida amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘z ishini boshladi.

IMG_9063

IMG_9070 IMG_9104 IMG_9071 Seminar 3 kun davom etadi va u yangi sayyohlik yo‘nalishlarni rejalashtiruvchi hamda rivojlantiriuvchi kreativ va zamonaviy usullariga qaratildi. Tadbir O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi rahbari, Turizm va madaniy meros vaziri maslahatchisi Lyudvid Frank boshchiligida o‘tkazilib, unda viloyatdagi sayyohlik tashkilotlarining vakillari ishtirok etmoqda.

IMG_9072 IMG_9079 IMG_9107 IMG_9110 Seminar davomida Farg‘ona viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xodimlari "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga talabalarni qabul qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari ham olib bordilar.

photo_2022-07-13_12-20-10 photo_2022-07-13_12-20-19


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914