Bugun, 5-mart kuni Farg‘ona shahridagi “Ziyorat” mehmonxonasi qoshida turkiyalik investorlar ishtirokidagi “Kapadokiya turkish” restorani o‘z faoliyatini boshladi.
![]()
![]()
Bir vaqtning o‘zida 400 ta mijozga xizmat ko‘rsata oladigan mazkur obyekt shaharning qoq markazida, “Terak mozor” deb atalgan mavzeda, Marg‘ilonsoyning shundoqqina o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan.
![]()
![]()
![]()
U bir tomondan mehmonxonaga tutashib ketgan bo‘lsa, boshqa tomondan shaharning dehqon bozori, buyum bozori, gul bozori va elektrotexnika do‘konlari qarshisida – shaharning barcha markaziy ko‘chalari tutashgan ko‘chalari chorrahasi qarshisida qad ko‘tarib turibdi.
![]()
![]()
Qachonlardir ko‘rimsizgina bo‘lgan kafe turkiyalik tadbirkorlarning saʼyi-harakati bilan bugun hashamatli restoranga aylandi. Eʼtiborlisi, unda 10 dan ortiq turkiyalik oshpazlar bilan birga 30 dan ortiq farg‘onalik yosh oshpazlar ham ish boshladilar.
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
Restoran menyusidan esa, Turkiyaning eng mazali taomlari va shirinliklari qatorida o‘zbek milliy taomlari ham o‘rin olgan.
![]()
![]()
![]()
Uning tantanali ochilish marosimida Farg‘ona viloyat hokimligi, viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi vakillari, bir necha turkiyalik tadbirkorlar, Farg‘ona shahar fuqarolari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
Aminmizku, ushbu restoran faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi Farg‘onada gastronomik turizmni yanada rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadi. Restoran Farg‘ona shahri, Qurbonjon Dodxoh ko‘chasi 2-A uyda joylashgan.
Bahodir Hoshimov