Home \ Yangiliklar \ Farg‘onada yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmalarida tizimli monitoring ishlari olib borilmoqda.

Farg‘onada yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmalarida tizimli monitoring ishlari olib borilmoqda.

« Back

Farg‘onada yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmalarida tizimli monitoring ishlari olib borilmoqda. 24.01.2022 11:40

     Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21-sentyabrdagi “yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 793-son qaroriga asosan mamlakatimizdagi AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarida doimiy ravishda monitoring olib borilmoqda.

photo_2022-01-12_12-50-31photo_2022-01-12_22-09-43

Shu maqsadda respublika va hududiy ishchi guruhi yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmalarida muntazam ravishda o‘rganish ishlari tashkillangan. Xususan, Farg‘ona viloyatida ham viloyat o‘rinbosari rahbarligida, hududiy ishchi guruhi tashkillangan bo‘lib, uning tarkibiga viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat Qurilish bosh boshqarmasi, viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, viloyat Transport boshqarmasi, Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyasi, «Hududgaztaʼminot» AJning hududiy gaz yetkazib berish tashkiloti, «O‘ztransgaz» AJning hududiy neft bazasi, Viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi, Farg‘ona “Neftbaza” UK, viloyat Teleradiokompaniyasi, FVV viloyat bo‘limi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmasi hamda viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasining masʼul xodimlari kiritilgan.

photo_2022-01-19_10-53-39photo_2022-01-12_12-50-22

2022 yilning 10-23-yanvar kunlari viloyatdagi Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari hamda Quva, Farg‘ona, Yozyovon, Furqat, Beshariq va Rishton tumanlarida joylashgan AGTKS, AGQS va AYOQSlarda yo‘lovchi va sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qo‘shimcha qo‘layliklar va sanitariya-gigiyena holatlari o‘rganib chiqildi.

photo_2022-01-12_13-19-29photo_2022-01-21_15-14-17

Afsuski, o‘rganilgan aksariyat obyektlarda holatni ko‘ngildagidek, deb bo‘lmaydi. Yo‘lovchilar uchun yetarli shart-sharoit yaratilmagan. Kutish zallari­ning ko‘pi isitilmay. Isitilganlari esa, boshqa maqsadlarda foydalanilmoqda. Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining masʼul xodimlari hududdagi sanitariya-gigiyena holatlari va  obodonlashtirish ishlariga mutlaqo befarq.

photo_2022-01-21_15-13-06photo_2022-01-21_15-14-17photo_2022-01-21_15-14-25

Ishchi guruh tomonidan jami 50 dan ziyod obyektlar ko‘rib chiqildi. Farg‘ona shahridagi “Shaffof – Eksklyuziv-3” MCHJga qarashli AGTKS, Marg‘ilon shahar “Nadirmat” MFYda joylashgan “Namangan istiqlol bog‘i” MCHJga qarashli AGTKS, Quva tumanidagi AYOQSH, Yozyovon tumanidagi “Bahor” MFYda joylashgan “Dorus Salam” MCHJga qarashli AGTKS, Beshariq tumanidagi "Xonzodabegim G‘olibjonova" MCHJga karashli AYOQSH, Furqat tumanidagi “Yuzbuloq Sher” AYOQSHdagi holat tanqid ostiga olindi. Tabiiyki, ularga nisbatan o‘rnatilgan tartibda taʼsir choralari ko‘rildi. Kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va aniqlangan kamchiliklar yuzasida qo‘rsatmalar berildi. Shuningdek, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan avtomobillarga yoqilg‘i quyish va gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga muddat berildi.

photo_2022-01-12_22-09-38photo_2022-01-19_10-50-45photo_2022-01-20_13-59-23 (2)photo_2022-01-12_22-08-07

Beshariq tumanidagi "Xonzodabegim G‘olibjonova" MCHJga karashli AYOQSH hamda Furqat tumanidagi “Yuzbuloq Sher” AYOQSH faoliyati esa, vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi. 

photo_2022-01-21_08-38-48photo_2022-01-21_08-38-48 (2)photo_2022-01-21_08-38-50 (2)

Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmalarida monitoring olib boruvchi Far­g‘ona viloyati hududiy ishchi guruhi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

https://t.me/ferghanatourism_sport

 


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914