Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28-iyundagi 3815-sonli qarori bilan Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti ochilgan edi. O‘tgan yildan esa, uning faoliyat doirasi kengayib, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti maqomini oldi. Unda yigirmadan ortiq mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Shu kunlarda Farg‘ona viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xodimlari ushbu o‘quv yurtida taʼlim olish istagida bo‘lgan yoshlar uchun targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelmoqda. Hozirgacha 10 ga yaqin uchrashuv o‘tkazilgan bo‘lib, navbatdagi tadbirlar 2022 yil 17-may kuni Farg‘ona shahridagi 9-sonli umumiy o‘rta maktab va Farg‘ona Davlat Universitetida bo‘lib o‘tdi.
Unda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari, universitetning turizm yo‘nalishidagi bitiruvchilari, Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi o‘qituvchi va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan mazkur tadbir "Karyeralar kuni" sifatida ham ishtiroklarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbirda Samarqand shahrining sharqida barpo etilgan "Silk road Samarkand" turistik kompleksi mutahassislari o'z taqdimot loyihalari bilan ishtirok etdi. Unda turistik kompleksda yaratilgan qulayliklar, ish o‘rinlari, personallar uchun mavjud shart-sharoitlar haqida batafsil ma‘lumot berildi. Jumladan, talabgorlar - anketa to‘ldirib shu yerni o‘zida majmua vakiliga topshirishi, ishga suhbatni onlayn tarzda o‘tishi, suhbatdan tanlab olingan nomzodlar Samarqandga taklif qilinib, 1,5 oy mobaynida malakalarini oshirib, so‘ngra ish boshlashlari mumkin bo‘ladi.
Ishchilar uchun maxsus bepul yotoqxonalar, shahardan qatnovchi ishchilarga bepul transport tashkil eiladi
Bitiruvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va shu yerni o‘zida anketalarni to‘ldirib, o‘zlari qiziqqan vakansiyalarga nomzodlarini ko‘rsatdilar.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan jurnalistlarning savollariga ham javoblar berildi.