Home \ Yangiliklar \ Farg‘onadagi turistik qishloqda amaliy ishlar boshlandi

Farg‘onadagi turistik qishloqda amaliy ishlar boshlandi

« Back

Farg‘onadagi turistik qishloqda amaliy ishlar boshlandi 02.03.2022 18:17

Maʼlumki, O‘zbekiston Republikasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy veb saytida 2022 yil 10-fevral kuni “Farg‘onadagi turistik qishloq faqat qog‘ozdami?” tahliliy-tanqidiy material yaʼni maqola eʼlon qilingan. Mazkur maqolada axborot agentligi jurnalistlari M.  Sulaymonov, M. Qodirov ushbu qishloqda yashovchi Quyoshoy Yo‘ldoshevaning maʼlumotlari asosida “Farg‘ona viloyatida sayyohlik salohiyatini oshirish va turizm infratuzilmasini yana-da rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotganligi” qayd etilib, shu bilan bir qatorda tashkil etilayotgan turizm qishlog‘i hududida bir qancha maishiy muammolar mavjudligi aytib o‘tilgan.

photo_2022-03-02_17-47-47

photo_2022-03-02_17-48-48

Mazkur masala yuzasidan Farg‘ona viloyati hokimligi, viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda Farg‘ona tumani hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, uning tarkibiga mutasaddi tashkilotlarning mutaxassislari  va MFY raislari kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2-apreldagi ““Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5048-son qarori va Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov tomonidan o‘tgan yil 8-aprelda tasdiqlangan Farg‘ona tumani Avval qishlog‘ida “Turizm qishlog‘i”ni tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi doirasida ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

photo_2022-03-02_17-48-38

photo_2022-03-02_17-48-16

Ishchi guruh aʼzolariga viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M. Temirov “Avval”, “Mozortagi”, “Qorasuv”, “O‘rtaqishloq”, “Birdamlik”, “Oqtepa”, “Guliston”, “Damko‘l” MFY hududidagi dam olish maskanlarida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Xususan, 2021 yilda Avval turizm qishlog‘i konsepsiyasini amalga oshirish uchun 1,9 mlrd.so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu mablag‘dan 42 mln.so‘m internet tarmog‘i tortish uchun, 2,2 km uzunlikdagi 647 mln. so‘m esa sayilgoh va asosiy turizm qishlog‘i ko‘chalari yo‘llarining asfaltlashtirishiga, 150 mln.so‘m turizm qishlog‘ida tashkil etilayotgan mehmon uylarini ichimlik suvi bilan taʼminlangan, 48,2 mln.so‘m esa saylgoh hududini elektrlashtirish va chiroqlashtirishga sarf etilishi belgilangan.

photo_2022-03-02_17-48-04

“Avval” turizm qishlog‘i bo‘yicha 2021 yilda belgilangan ishlarning 50 foizi bajarilgan. Jumladan, 2 ta quduq o‘rnatilib, ular orqali mavjud ichimlik suvidan yangi tashkil etilgan mehmon uylari uchun 1200 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari bajarilgan. Internet tarmog‘i tortilib, “Yetti buloq” sihatgohi, oilaviy poliklinika, “Mozortagi” va “Avval” MFY binolariga tortilgan. Ehtiyojga qarab mehmon uylariga tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qolgan qismi esa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarori ijrosi, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31-iyuldagi 131-sonli yig‘ilish bayoni yuzasidan Farg‘ona viloyatidagi 18 ta obyektlarda 22,4 mlrd.so‘m Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilmaganligi sababli 2022 yilga rejalashtirildi. Shu jumladan, “Avval” turizm qishlog‘i bo‘yicha ham elektrlashtirish va chiroqlashtirish ishlari bajarilishi rejalashtirildi.

003

Bundan tashqari, Bosh boshqarma tomonidan 2022 yil uchun “Shoir Hamza” muzeyi tashkil etish, Avval qishlog‘idagi tarixiy tegirmonni dekorativ fasad qismini taʼmirlash va axborot peshtaxtasi o‘rnatish, turizm axborot markazi o‘rnatish, selfi obyekti yaratish, soyliklar orasidagi tabiiy kichik hiyobonni tungi yoritish chiroqlari bilan taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha ravishda Turizm va sport vazirligiga 3 235 mln.so‘m mablag‘larga buyurtma berilgan.

Biroq, Farg‘ona viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, Farg‘ona tumani hokimligi hamda yuqorida nomlari keltirilgan 8 ta MFYlar uchun jamoatchilik asosida ajratilgan tozalovchilar soni yetarli emas deb topildi.

Maqolada keltirilgan boshqa masalalar yuzasidan Farg‘ona tuman hokimligi, Farg‘ona viloyati Atof-muhit va tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati Suvoqava MCHJ, Farg‘ona viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Farg‘ona viloyati Soliq boshqarmasi, Farg‘ona viloyati Bozorlar uyushmasi, Farg‘ona viloyati uy-joy kommunal bosh boshqarmasi kabi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilshi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi:

Birinchidan, hududda faoliyat yuritayotgan “Kiyim kechak va dehqon bozori” qishloq markazida tartibsizlik va ortiqcha chiqindilar yuzaga kelayotgani sababli “Mozortagi” MFY hududidagi “Chorva va parranda bozori” o‘rniga ko‘chirish;

Ikkinchidan, 2018 yil qishloqni ichimlik suvi bilan taʼminlash yuzasidan pudratchi tomonidan sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishni taʼminlash;

Uchinchidan, dam olishga keladigan turistlarni tabiatimizdan bahra olib, ijobiy tasurot bilan ketishlari uchun, soy, buloqlar, daraxtlarni to‘sib turuvchi zamon talablariga mutlaqo zid bo‘lgan, noqonuniy do‘konlar, attraksionlar, past-baland, qing‘ir-qiyshiq devorlarni bir xil meʼmoriy yechimga keltirish;

To‘rtinchidan, faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari, choyxonalarning oshxona qismi, hojatxonalarini davlat standarti normalariga javob beradigan holatga keltirish;

Beshinchidan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan avtoturargohni qaytadan shakllantirish va mukammal taʼmirlash;

Oltinchidan, qishloqda bank filiallarini ochish va bankomatlarni ko‘paytirish;

Yettinchidan, Avval qishlog‘i markazida joylashgan “II-Jahon urushida shahid ketganlar hotirasi”ga barpo etilgan yodgorlik mukammal taʼmirlash va uning hududi obodonlashtirish;

Sakkizinchidan, Avval qishlog‘i markazi va kichik sayilgohda mavsumiy tashkil etiladigan qo‘lda yasalgan do‘konlarni zamonaviy andazada rekonstruksiya qilish va belgilangan loyiha asosida joylashtirish, yoritish tizimini o‘rnatish;  

Bahodir Hoshimov


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914