Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Farg‘onaga Indoneziyaning “Clickpict Indonesia Ltd” kompaniyasi tashrif buyurdi

Farg‘onaga Indoneziyaning “Clickpict Indonesia Ltd” kompaniyasi tashrif buyurdi

« Back

Farg‘onaga Indoneziyaning “Clickpict Indonesia Ltd” kompaniyasi tashrif buyurdi 30.04.2021 11:54

Farg‘onaga Indoneziyaning “Clickpict Indonesia Ltd” kompaniyasi tashrif buyurdi

Ma’lumki, ayni kunlarda yurtimizning sayyohlik potensiallarini o‘rganish, uning istiqbolli loyihalar bilan tanishish maqsadida dunyoning ko‘plab mamalakatlaridan nufuzli mehmonlar O‘zbekistonga tashrif buyurishmoqda. Yaqindagina Fransiya delegatsiyasi, keyin esa, O‘zbekistonning Isroildagi turizm brendi elchisi Hay Davidov Farg‘onada bo‘lishib, viloyatning diqqatga sazovor joylari va milliy urf-odatlari bilan yaqindan tanishib ketishgan edi.

1

2

29-aprel kuni bo‘lsa, Farg‘onaga yana bir davlatning tasvirga olish guruhi ijodiy safar bilan keldi. Indoneziyaning “Clickpict Indonesia Ltd” kompaniyasiga tegishli tasvirga olish guruhi shu kuni Qo‘qon temir yo‘l vokzalida Viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi H. Ahmedov, Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i M. Temirov va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan kutib olindi.

3

4

“Clickpict Indonesia Ltd” delegasiyasi shu kunning o‘zida Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasi, Jome' masjidi, Norbo‘tabiy madrasasi kabi tarixiy obyektlarda hamda Uchko‘prik tumanidagi shifobaxsh va dorivor o‘simliklar yetishtirishga ixtisoslashgan “Mehrigiyo” kompaniyasida tasvirga olish ishlari amalga oshirdi.

5

6

7

8_3.jpg

30-aprelda rishtonlik mashhur kulol Alisher Nazirov ustaxonasi, tadbirkor-kulol Ravshan Tojiddinov korxonasi hamda Xo‘ja Ilg‘or masjidi tasvirga olindi. Ularga Farg‘ona viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi vakillari hamrohlik qilib bordi.

Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914