
Bugun, 19-may kuni Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumida viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi hamda Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 12-aprelda tasdiqlangan media-rejaga asosan o‘rmon xo‘jaliklarida ekoturizm, mahallardagi qishloq turizm obyektlari targ‘ib qilishga qaratilgan “Ekoturizm va turizm xizmatlarini tashkil qilish” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.
Seminarda viloyatda turizmga ixtisoslashgan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘qituvchi va talabalari, viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi hamda viloyat Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Unda “Tabiiy qo‘riqlanuvchi hududlarda sayohatlar tashkillash”, “Yoshlarda ekologik tarbiyani shakllantirish”, “Ekoturizm va turizm xizmatlarini tashkil etish”, “Qizil kitobga kiritilgan yangi flora va fauna namunalari” hamda “Turizmdagi yangi istiqbolli loyihalar” mavzusida suhbat o‘tkazildi.