Bosh sahifa \ Yangiliklar \ O‘zbekistonning Isroildagi turizm brendi elchisi Farg‘onada

O‘zbekistonning Isroildagi turizm brendi elchisi Farg‘onada

« Back

O‘zbekistonning Isroildagi turizm brendi elchisi Farg‘onada 29.04.2021 14:28

O‘zbekistonning Isroildagi turizm brendi elchisi Farg‘onada

  Ma’lumki, Turizm elchisi ayni kunlarda Isroildagi turizm brendi elchisi Hay Davidov mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini Isroilda targ‘ib qilish maqsadida yurtimiz bo‘ylab sayohat qilib, targ‘ibot materiallarini tayyorlamoqda.

Tasvirga olish jarayonlari Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatiga amalga oshirilib, ushbu viloyatlarning diqqatga sazovor joylari suratga tushirildi.

26-27-aprel kunlari esa, Hay Davidov Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmonlar Marg‘ilon temir yo‘l vokzalida kutib olinib, ular uchun viloyat iqtisodiyot boshqamasi binosida qabul marosimi uyushtirildi.

1

Qabul marosimida Farg‘ona viloyati nomidan viloyat hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi H. Ahmedov, viloyat hokimining tashqi savdo va investisiya bo‘yicha kotibiyat mudiri A. Yuldashev, viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i M. Temirov va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. O‘zaro samimiy suhbat davomida viloyatning turizm sohasi rivoji, sayyohlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, milliy urf-odatlari, hunarmandchiligi va istiqbolli investision loyihalar haqida muzokaralar olib borildi. 

2

3

Tashrif davomida viloyatdagi turistik obyektlar, hunarmandchilik usta-xonalari hamda milliy-etnografik jarayonlarning badiiy chiqishlari haqida ko‘rsatuv tasvirga olindi. Shuningdek, mehmonlar viloyatdagi milliy madaniy markazlarning urf-odatlari va marosimlarida bevosita ishtirok etishga muyassar bo‘lishdi.

4

5

6

7


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914