Home \ Yangiliklar \ Quva shahristoni: Yangi arxeologik tadqiqotlar

Quva shahristoni: Yangi arxeologik tadqiqotlar

« Back

Quva shahristoni: Yangi arxeologik tadqiqotlar 21.06.2022 15:50

Quva shahristonida Farg‘ona viloyat hokimligi ko‘rsatmasi bilan Farg‘ona Davlat Universiteti olimlari arxeologik tadqiqot olib borayotganligi to‘g‘risida avval xabar bergan edik.

IMG_6587

IMG_6592 Maʼlumki, Quva shahristoni miloddan avvalgi VI-V asrlarda shakllangan bo‘lib, uning gurkirab yashnagan davri milodiy X-XII asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda Quvaning umumiy maydoni 200 gektardan ortib ketgan edi. Hozirda esa, uning 15 gekterga yaqin hududi saqlanib qolgan.

IMG_6614

IMG_6602

Mazkur obyekt uch qismga bo‘linadi: Ark, shahriston va rabotga. Ayni kunlarda olib borilayotgan tadqiqotlar yodgorlikning Ark qismini – uning janubiy-g‘arbiy qismidagi 200 kv. m.ni qamrab olgan.

IMG_6598

IMG_6613

IMG_6610 Arab manbalariga ko‘ra, Ark kompleksiga hukmdor saroyi, juma masjidi, zarbxona va boshqa maʼmuriy binolar joylashgan edi. Shuningdek, u mustahkam mudofaa devoriga ega bo‘lgan. Tadqiqotlar natijasida Qoraxoniylar davriga (XI-XII asrlar) mansub madaniy qatlam to‘liq ochildi. O‘sha davrdagi inshoot qoldiqlari, uy-ro‘zg‘or buyumlarinig parchalari, pul birliklari topilmoqda.

IMG_6595

IMG_6596 Arxeologlarning taʼkidlashlaricha, ochib o‘rganilgan hududda kuchli yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida uylarning devori kuygan, to‘sinlar yonib polga qulagan. Devorlar qattiq shikaslanib, tartibsiz qulab tushgan. Natijada aniq shakldagi uy qoldig‘ini ajratib olish murakkab kechmoqda. Ayni damda yirik o‘lchamdagi (eni 80-100 sm) devor qoldiqlari ham uy konstruksiyasini gavdalantirishga xalal bermoqda.

IMG_6604

IMG_6590 Qizig‘i topilayotgan devor qoldiqlari turli davrlarga mansub bo‘lib, aftidan qadimiy mustahkam devorlar keyingi davr odamlari tomonidan ham foydalanaverilgan. Bundan tashqari keyin davr (o‘rta asrlardagi) odamlari tomonidan maishiy chiqindilar uchun qazilgan quduqlar (badrablar) ham qazilma hududidagi qurilmalarga katta zarar yetkazgan.  

IMG_6622

IMG_6585

IMG_6584 Tadqiqotchilar asta-sekin aniq o‘lchamli meʼmoriy qurilma qoldiqlarini ochib borishmoqda.  O‘ylaymizki, yaqin kunlarda Quva shahristoni tarixi bo‘yicha yangi ilmiy xulosalarni qo‘lga kiritamiz.

 


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914