Home \ Yangiliklar \ Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

« Back

Rasmiy munosabat 11.02.2022 09:54

Rasmiy munosabat

(UzAning 10-fevraldagi “Farg‘onadagi turistik qishloq faqat qog‘ozdami?” maqolasi yuzasidan)

10-fevral kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy saytida eʼlon qilingan “Farg‘onadagi turistik qishloq faqat qog‘ozdami?” nomli maqolasi Farg‘ona viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan o‘rganib chiqildi. Maqolada ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish maqsadida bosh boshqarma hamda Farg‘ona tumani hokimligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzildi.

15.Аввал туризм қ Maqolada 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, uning viloyatdagi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar keltirib o‘tilgan. Ushbu qishloq infratuzilmalarini (asfalt, ichimlik suvi, aloqa, yo‘l ko‘rsatgich va boshqa) tartibga solish uchun davlat byudjetidan 677,9 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan.

Biroq, dam olish maskanlari huvullab qolganligi, chiqindi va xazonlarga to‘la ko‘chalar, yog‘ochdan yasalgan savdo rastalarining tartibsizligi, nosoz attraksionlar, xaroba holdagi Xotira maydoni, qarovsiz va obodonlashtirilmagan hudud tanqid ostiga olingan. Shuningdek,  dam olish maskani egalarining “Toza hudud”ga pul to‘lashdan qizg‘onib, chiqindilarni soyga oqizayotganligi aytilib, bu masala bo‘yicha mahallaga, tuman hokimligiga ko‘p murojaat qilinganligi taʼkidlangan.

Unda ko‘tarilgan boshqa masalalar yuzasidan ham tez orada ishchi guruh o‘z xulosalarini beradi. Bu haqda qo‘shimcha xabar beramiz.

https://t.me/ferghanatourism_sport

Axborot xizmati boshlig'i                                  Bahodir Hoshimov


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914