Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Rishtonda yangi xostel ochildi

Rishtonda yangi xostel ochildi

« Back

Rishtonda yangi xostel ochildi 21.04.2022 16:30

Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi monitoring guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 631-sonli qarori yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganilmoqda.

photo_2022-04-21_16-00-44

photo_2022-04-21_16-01-10

photo_2022-04-21_15-41-33

photo_2022-04-21_15-42-09

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari L.Zakirlayeva rahbarligidagi monitoring guruhi 21-aprel kuni Rishton tumaniga tashrif buyurdi. Kun davomida tumanning turistik salohiyati yuqori bo‘lgan “Qalaynav”, “Qozi Axror”, “Zar Ariq”, “Xo‘ja Ilg‘or”, “Gumbaz”, “Markaz”, “To‘raobod”, “Navoiy”, “M. Topvoldiyev”, “Farovonlik”, “Oq-yer” va “Saroy” mahalla fuqarolari yig‘illari hududida joylashgan mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.

photo_2022-04-21_15-42-32

photo_2022-04-21_15-42-20

photo_2022-04-21_15-42-16

photo_2022-04-21_15-43-01

Shuningdek, bugun tumanda yangi joylashtirish vositasi – “SAID “S” CERAMICS” XOSTEL” o‘z faoliyatini boshlab, unga o‘rnatilgan tartibda Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan ko‘chirma topshirildi. Mazkur xostel 16 ta xonaga ega bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida 35 ta mehmonni qabul qila oladi.

photo_2022-04-21_15-42-45

photo_2022-04-21_15-43-03

Monitoring jarayonida Farg‘ona viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.

Bahodir Hoshimov


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914